UEFA Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan o'ynashdan bosh tortgan mamlakatlarga boykot elon qilmoqchi
02 okt 2023 09:36
Yangiliklar
UEFA Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan o'ynashdan bosh tortgan mamlakatlarga boykot elon qilmoqchi
UEFA Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro turnirlarda o'ynashdan bosh tortgan mamlakatlarning boykotlarini bostirish niyatida.
Sky Sports xabariga ko'ra, tashkilot boykot elon qilmoqchi bo'lgan mamlakatlarning o'ziga boykot elon qilish niyatida.
Eslatib o'tamiz, UEFA 26 sentyabr kuni Rossiya U-17 terma jamoalariga Xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat bergandi. Rossiya jamoalarining barcha o'yinlari Rossiya hududida o'tkazilmasligi, davlat bayrog'i, madhiyasi, milliy o'yin formasisiz o'tkazilishi kerakligi elon qilingandi.
Futbol tashkilotining ushbu qaroridan so'ng, o'nga yaqin davlat Rossiya terma jamoalari bilan o'ynamasliklarini elon qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar