So’nggi yangiliklar

09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2

U-23 Osiyo Kubogi saralashi. O'zbekiston og'ir kechgan uchrashuvda Eronni mag'lub etib, Parij Olimpiadasi saralash bosqichiga yo'l oldi! Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi saralashi. O'zbekiston og'ir kechgan uchrashuvda Eronni mag'lub etib, Parij Olimpiadasi saralash bosqichiga yo'l oldi!

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 3-turi doirasidagi O'zbekiston – Eron bahsi yakunlandi.

Osiyo Kubogi U-23 saralashi

"E" guruhi. 3-tur

Toshkent. "Jar" stadioni. 19:00

O'zbekiston U-23 — Eron U-23 1:0

Gollar: Abbosbek Fayzullaev (Abduqodir Husanov) 47'

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad (Iordaniya), Ashraf Abuzubayda (Falastin)

To'rtinchi hakam: Muhammad Issa (Livan)

Nazoratchi: Uolter Edvard Pereyra (Hindiston)

Komissar: Hamad Ahmed Almazrui

O'zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 3.Abduqodir Husanov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 9.Ulug'bek Hoshimov (22.Alisher Odilov 59'), 10.Jasur Jaloliddinov (s), 14.Abbosbek Fayzullaev (20.Ruslan Jiyanov 90+3'), 15.Umarali Rahmonaliev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchaev (2.Saidazamat Mirsaidov 90+3'), 23.Abdurauf Bo'riev.

Zaxira: 1.Abduvohid Nematov, 21.Hamidullo Abdunabiev, 4.Odil Abdumajidov, 7.Hojimat Erkinov, 8.Ibrohim Ibragimov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 13.Mahmud Mahamadjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Diyor Xolmatov.

Eron: 1.Muhammadrizo Halidabadi, 2.Saman Turaniyan (7.Muhammadhussayn Islomi 84'), 3.Husayn Goodarzi, 5.Muhammad Amin, 8.Javad Hussaynezhad, 9.Saidallohyor Sayyadmanesh, 10.Yasin Salmoni (s) (13.Aria Yusufi 84'), 14.Amir Jafari (17.Muhammadmahdi Ahmadi 84'), 16.Muhammad Gorbani, 19.Ali Pur Dara, 23.Muhammadrizo Bordbar.

Zaxira: 12.Sina Saidifar, 22.Payam Parsa, 4.Danial Iri, 6.Alirizo Bavieh, 11.Seyedaria Barzegar, 15.Said Muhammad Taha, 18.Aliasgar Sadeghinasab, 20.Mahdi Hoshimnazhad, 21.Sina Gasemi.

Ogohlantirishlar: Abduqodir Husanov 40', Ulug'bek Hoshimov 41', Muhammad Amin 45+3', Yasin Salmoni 55', Muhammadrizo Bordbar 80', Abduqodir Husanov 90', Ruslanbek Jiyanov 90+4'

Uzbekistan U23

AFC U23 Asian Cup Qualification Grp. E . 3-tur

12/09/2023, 20:00

0
:
1
Tugadi

Iran U23

45'
90'


90+5. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Abduqodir Husanovga sariq kartochka ko'rsatildi.

87. Abbosbek Fayzullaev burchak zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq ketdi.

82. Eronliklar o'ng qanotdan oldinga yurish qilib to'pni erlatib jarima maydonchasiga uzatdi, Hamraliev to'pni maydondan chiqarib yubordi.

77. Uchrashuvni stadiondan turib bevosita 7891 nafar muxlis kuzatib bormoqda.

73. Rahmonaliev ajoyib pas bilan Norchaevni oldinga boshladi, Husaynning darvoza tomon tepgan to'pi eronlik darvozabonning oyog'iga tegdi va zarba sekinlashdi.

65. Husayn Norchaev katta tezlikda oldinga o'tdi, bir futbolchini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirib zarba berdi, ammo, lekin, biroq...

64. Odilovning tepgan to'piga eronlik futbolchilar to'g'anoq bo'lishdi.

61. Abbosbek Fayzullaevda yana bir ajoyib vaziyat bo'ldi. To'pni o'ziga to'g'rilab olib darvoza tomon tepdi, biroq biroz noaniq bo'ldi...

57. O'yin tempi anchagina yuqori.

51. Gol o'tkazib yuborgandan so'ng eronliklar ham anchagina faollashib qoldi.

Abduqodir Husanovning himoyadan to'pni oldinga uzatdi, to'p Abbosbekka kelib tushdi, Fayzullaev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi va gol urdi!

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Abbosbek Fayzullaev hisobni ochdi!

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+4. Eron futbolchisi o'z darvozaboniga to'pni tizza bilan uzatdi. Hakam ushbu vaziyatda erkin zarba belgilamadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

45. Navbatdagi zarba Jasur Jaloliddinovdan bo'ldi. Ushbu zarba ham kuchsiz chiqdi.

43. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Norchaev aniq zarba berolmadi.

41. Ikki jamoa vakillari bahslashib ketishdi. Ulug'bek Hoshimovga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

40. Abduqodir Husanov to'p maydondan chiqib ketayotganda raqib futbolchisi bilan elkama-elka kurashda qatnashdi. Eronlik futbolchi kurashda yutqazdi va maydon chetidagi reklama banneriga borib urildi. SHu boisdan Husanovga sariq kartochka ko'rsatildi.

34. Husayn Norchaevning darvoza tomon tepgan to'pi kuchsiz chiqdi.

32. Eron terma jamoasi murabbiylar shtabi vakiliga sariq kartochka ko'rsatildi.

Ayni vaqtda O'zbekiston – Eron uchrashuvi bo'lib o'tayotgan JAR stadioni muxlislar bilan to'ldi. Championat.asia muxbirining malum qilishicha, yana ko'plab muxlislar tribunalar tepasida, stadion atrofida uchrashuvni kuzatmoqda. 

26. Ibrohimhalil Yo'ldoshevning uzoq masofadan darvozaga tepgan to'pini Eron darvozaboni arang qaytarib qoldi. 

20. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Alibek Davronov darvozaga yo'lladi, biroq to'p darvozaga to'g'ri bormadi.

16. Abbosbek Fayzullaev oldinga o'tib to'pni qarama-qarshi qanotga uzatdi, futbolchilar to'p uzatishda o'zaro bir-birini tushunmay qoldi, yakuniy zarba ham berilmay qoldi.

13. Ulug'bek Hoshimovning erlatib bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

9. Norchaev to'pni o'ziga to'g'rilab olib darvozaga zarba berdi, ammo noaniq. 

6. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Alibek Davronov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

5. Bahs xotirjamlik bilan boshlandi. Ikki jamoa ham hozircha hujum uyushtirmadi.

1. O'yin boshlandi!

Har ikki davlat madhiyalari yangramoqda.

Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика