So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

U-20 Osiyo kubogi saralashiga bir yosh kichik jamoamiz boradi. Nima uchun? Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi saralashiga bir yosh kichik jamoamiz boradi. Nima uchun?

10-18 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida U-20 Osiyo kubogi saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi (2003 yilda tug'ilganlar) terma jamoamiz emas Farhod Nishonov boshchiligidagi (2004 yilda tug'ilganlar) jamoamiz qatnashadi.

Sababi kelgusi yil U-20 Osiyo kubogi final bosqichi O'zbekistonda o'tadi va saralashda qanday natija qayd etishimizdan qatiy nazar mezbon sifatida musobaqada ishtirok etamiz. O'FA bir yosh kichik futbolchilarga tajriba bo'lishi uchun mana shunday qarorga kelgani aytilmoqda. Bizning guruhimizdan Maldiv orollari, Myanmar, Saudiya Arabistoni va Xitoy jamoalari o'rin olgan. Saudiya Arabistonidagi saralashda qatnashishdan avval Nishonov shogirdlari 6 sentyabr kuni Dubayda BAA U-19 jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasining bo'lajak o'yinlari (Bosh murabbiy: Farhod Nishonov)


6 sentyabr (Dubay)
BAA - O'zbekiston

10 sentyabr
O'zbekiston - Maldiv orollari

12 sentyabr
O'zbekiston - Myanmar

14 sentyabr
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston

16 sentyabr
Xitoy - O'zbekiston



Keyingi yil O'zbekistonda o'tadigan U-20 Osiyo kubogida qatnashadigan Ravshan Haydarov boshchiligidagi (2003 yilda tug'ilganlar) terma jamoamiz esa 7-11 sentyabr kunlari Urugvaydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi. U erda yoshlarimiz Braziliya, Argentina va Urugvay yoshlar terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. 24 va 27 sentyabr kunlari esa Toshkentga U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan Slovakiya terma jamoasiga qarshi o'yinlar bo'ladi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasining bo'lajak o'yinlari (Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov)

7 sentyabr (Maldonado, Urugvay)
Urugvay - O'zbekiston

9 sentyabr (Maldonado, Urugvay)
O'zbekiston - Argentina

11 sentyabr (Maldonado, Urugvay)
Braziliya - O'zbekiston

24 sentyabr (Toshkent)
O'zbekiston - Slovakiya

27 sentyabr (Toshkent)
O'zbekiston - Slovakiya

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика