So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston musobaqaning dastlabki turlarida umuman mag'lubiyatga uchramagan (FAKT) Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston musobaqaning dastlabki turlarida umuman mag'lubiyatga uchramagan (FAKT)

Bugun O'zbekiston U-20 terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini boshlaydi.

Guruhdagi dastlabki raqib Suriya terma jamoasi. Odatda har bir musobaqada dastlabki uchrashuv qiyin o'tadi. Hayajon, kirishib olish, bosim va boshqa omillar tasirida ko'p narsa o'xshamaydi. Natija ham turlicha ko'rinish oladi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsa, bu yoshdagi terma jamoamiz U-20 Osiyo kubogi musobaqalarining dastlabki o'yinlarini mag'lubiyatsiz boshlashgan.  (avval U-19, deb yuritilgan) 


2002 yil. Qatar. 

O'zbekiston - Tailand 4:0 

Avval aytganimizdek, Viktor Borisov boshchiligidagi terma jamoamiz 2002 yil Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilgan turnirda ajoyib o'yinlar ko'rsatishgan. Tarkibida Geynrix, Magdeev, Nesterov kabi nomlar bo'lgan jamoa ilk turda Tailand to'sig'idan qiyinchiliksiz o'tishgan, 4:0. 

2004. Malayziya. 

O'zbekiston - Laos 5:2

Gollar: Nodirbek Qo'ziboev (xet-trik), Marat Bikmaev, Sadriddin Abdullaev

Nodirbek Qo'ziboev, Sadriddin Abdullaev, Aleksandr Kleckov kabi nomlarni o'zida jamlagan yoshlar terma jamoamiz musobaqaning ilk bahsida laoslik tengqurlarini 5:2 hisobida mag'lub etishgan. Guruhdan chiqqan terma jamoamiz pley-offda Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lib turnir bilan xayrlashgan.


2008. Saudiya Arabistoni.

Iordaniya - O'zbekiston 0:1 

Gol: Davron Mirzaev

2008 yil Ahmad Ubaydullaev shakllantirgan 1989-1990 yillardan iborat terma jamoamiz Saudiya Arabistonidagi U-20 Osiyo kubogini muvaffaqiyatli boshlagan. Birinchi turda Iordaniyani mag'lub etgan vakillarimiz yakunda musobaqa finaliga qadar etib borgandi. 

2010. Xitoy. O'zbekiston - KXDR 1:0

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov 

Galdagi avlod endilikda Marat Kabaev ustozligida Xitoydagi U-20 Osiyo kubogiga tashrif buyurgan. Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev, Pavel Smolyachenko kabi futbolchilarga ega terma jamoamiz o'sha vaqtda ayni cho'qqisiga chiqqan KXDR yoshlarini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, musobaqani g'alaba bilan boshlashadi. Yakuniy natija pley-off. Saudiya Arabistoni yoshlari overtaymlarda gol urib mundial yo'llanmasiga ega chiqadi. 


2012. BAA. O'zbekiston - Vetnam 4:0

Gollar: Maksimiliyan Fomin, Igor Sergeev(dubl), Timur Hakimov 

1993-1994 yilda tug'ilgan futbolchilarni qamrab olgan yoshlar terma jamoamizni Ahmadjon Musaev BAAdagi U-20 Osiyo kubogiga olib boradi. Birinchi turda Vetnamga qarshi maydonga chiqqan O'zbekiston 4:0 hisobidagi g'alaba bilan turnirni boshlagan. Yarim finalgacha etib kelgan hamyurtlarimiz Janubiy Koreyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'lib ortga mundial yo'llanmasi bilan qaytgan. 

2014. Myanmar. Indoneziya - O'zbekiston 1:3

Gollar: Doston Hamdamov, Zabihillo O'rinboev, Otabek SHukurov

2014 yil Ravshan Haydarov 1995-1996 yilda tug'ilgan futbolchilarlan iborat terma jamoani muvaffaqiyat sari etaklay olgan. Myanmar davlatida o'tgan turnirni birinchi uchrashuvida Indoneziya raqiblik qilgan. Mazkur bahsda mahorat o'z so'zini aytgan, deya olamiz (3:1). CHorak finalda Tailand qarshiligini enggan terma jamoamiz mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Yarim finalda esa KXDRga 0:5 hisobida engilib kuchli to'rtlikdan o'rin egallashgan. 


2016. Baxrayn. O'zbekiston - Tojikiston 2:1

Gollar: Saidjamol Davlatjonov, Jasur Yaxshiboev

Bu terma jamoaga Jasur Abduraimov boshchilik qilgan. Aytish kerakki, hamyurtlarimiz o'shanda Baxrayn mezbonligida o'tgan musobaqaning ilk turida Tojikistondan etarlicha qarshilikka duch kelgan, hattoki birinchi bo'limdan so'ng mag'lub bo'layotgandi. Tanaffusda bir yo'la 3ta o'zgarishga qo'l urgan Jasur Abduraimov ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirish orqali 2ta gol urib g'alabani ilib ketgan. Yana bir malumot, bu musobaqaga Tojikistonni "Neftchi"ning hozirgi ustozi Vitaliy Levchenko olib borgani yodimizda. 


Bir necha soatdan so'ng start oladigan uchrashuvda hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz. Olg'a O'zbekiston!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика