So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

U-17 Osiyo kubogi. Qaysi jamoalar keyingi bosqichga chiqib bo'ldi? O'zbekiston guruhdan chiqsa, kim bilan o'ynaydi? (batafsil tahlil) Yangiliklar

U-17 Osiyo kubogi. Qaysi jamoalar keyingi bosqichga chiqib bo'ldi? O'zbekiston guruhdan chiqsa, kim bilan o'ynaydi? (batafsil tahlil)

Tailand U-17 Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda. Jamoalar 2-tur uchrashuvlarini yakunlash arafasida.

Bugun O'zbekiston o'rin olgan "D" guruhi o'yinlari bo'li o'tadi. Keling dastlab yuqoridagi kvartetlardagi natijalarga nazar tashlaymiz. 

Tailand va Yaman keyingi bosqichda 

Etibor berib qarasangiz "A" guruhida barcha darajasi engil raqiblar birga joylashganini ko'rishimiz mumkin. Yaman turnirni Malayziyaga qarshi bellashuv bilan boshladi va yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar esa qo'shnilari Laosni 2:1 natijasi bilan taslim qildi. Ikkinchi turda ham ularning g'alabali yurishi davom etdi. Laos - Yaman 1:2, Malayziya - Tailand 0:3. Demak uchinchi turda Tailand va Yaman o'zaro uchrashuvda guruh g'olibligi uchun kurash olib boradi. 


Qatarda imkoniyat yo'qolmagan. Janubiy Koreya o'z uslubida 

"B" guruhida kutilanidek Janubiy Koreya favorit ekanligini isbotladi va keyingi bosqich yo'llanmasini muddatidan oldin hal qilishga erishdi. Dastlab Qatar 6:1, Afg'oniston 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Lekin guruh g'olibligi va ikkinchi o'rin masalasi ochiq turibdi. Uchinchi o'rinda ketayotgan Qatarda 1 ochko, ikkinchi o'rindagi Eronda 4 ochko mavjud. Forslar koreyaliklarga qarshi maydonga chiqsa, Qatar Afg'oniston bilan kuch sinashadi. Eron g'alaba qozongan taqdirda birinchi o'rin bilan chorak final eshiklarini ochsa (7 ochko), Qatarda hech qanday imkoniyat qolmaydi. Bu vaziyatda forslarni durang ham qoniqtiradi (5 ochko). Qatar esa Eronning mag'lubiyatini kutishga majbur. Buning uchun ular Afg'onistonga gollar yomg'irini yog'dirishi kerak. Ikkinchi turda ular o'zaro durangga imzo chekishgan. Demak to'plar nisbatiga qaraymiz. Eronda +5, Qatarda -5. 


O'zbekiston uchun ahamiyati yuqori "C" guruhi

Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari keyingi bosqichga yo'l olsa "C" guruhidagi terma jamoalardan biri bilan ro'baro' keladi. Saudiya Arabistoni 6 ochko bilan guruhdan chiqish va birinchi o'rin masalasini hal qilib bo'lgan. Ikkinchi o'rinda ketayotgan Avstraliya o'zaro o'yinda Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi. Endi ikkinchi o'rin uchun imkoniyatlarni ko'rib chiqamiz. Avstraliyada 3, Xitoy va Tojikistonda 1 ochkodan mavjud. So'nggi turda chin o'lkasi vakillari arab "yo'lbarslari"ga qarshi to'p tepsa, Xitoy Avstraliya sinovidan o'tadi. Xitoy Saudiya Arabistonini yutsa, Tojikiston Avstraliyani yutsa bir xilda 4 ochkodan bo'ladi. Bu ikki jamoa ilk turda to'qnash keldi va durang qayd etdi (1:1). To'plar nisbati yana katta sahnaga chiqadi. Ikkisida ham hozir to'plar - 2 holatida. Yana bir narsa, yashil qita futbolchilari qo'shnilarimiz bilan murosani tanlasa, Xitoy o'z o'yinida yutsa 4 ochko yuzaga keladi. Xitoy va Avstraliya esa o'zaro o'yinida "kengurular" ustun kelgan (5:3). "D" guruhidan ikkinchi chipta kimga nasib qiladi?


Bugun ko'p narsa aniq bo'ladi yoxud Hindistonni yutish shart 

Bir necha soatdan so'ng o'zimizning yigitlar ikkinchi tur o'yini uchun maydonga chiqishadi. Ilk turda O'zbekiston Yaponiya bilan, Vetnam Hindiston bilan durangga rozi bo'ldi. Guruhimizda 1lar qatorlashib turishibdi. Hali hech kimda imkoniyat yo'qolgani yo'q. Katta ehtimol bilan bugun ko'p narsaga oydinlik kiritiladi. Hindiston esa biz uchun tanish raqib. Ular bu yil hisobidan 3 marotaba raqiblik qiladi. Yanvar oyida kechgan o'rtoqlik o'yinida dastlab Hindistonning (0:2), ikkinchisida vakillarimizning qo'li baland kelgan (3:0). Ilk turdagi hayajonni engib o'tishgan degan umiddaman. Bugungi g'alaba keyingi bosqich uchun imkoniyatlarni oshiradi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика