So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  9 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

U-17 Osiyo chempionatiga saralash haqida malumotlar Yangiliklar

U-17 Osiyo chempionatiga saralash haqida malumotlar

Bugun o'smirlar terma jamoamiz U-17 Osiyo chempionati saralash bosqichidagi o'z ishtirokini boshlaydi.

SHu o'rinda ushbu musobaqa haqida eng kerakli malumotlarni keltirib o'tamiz. Navbatdagi U-17 Osiyo chempionati 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Musobaqada jami 16ta terma jamoa ishtirok etadi. Osiyoda kvotalar oshgani sabab bu safar 8ta jamoa 2025 yil Qatarda o'tkaziladigan U-17 jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi.

U-17 Osiyo chempionati saralash o'yinlari 10ta guruhda olib boriladi va guruh g'oliblari bilan birga 5ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari ham Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. Saralash bosqichi 10ta davlat mezbonligida kechadi.

A guruhi - KXDR, Eron, Suriya, Iordaniya (mezbon), Gonkong.

B guruhi - Kambodja (mezbon), Afg'oniston, Filippin, Bangladesh, Makau.

C guruhi - Janubiy Koreya, Xitoy (mezbon), Bahrayn, Maldiv, Butan.

D guruhi - Tailand (mezbon), Hindiston, Bruney, Turkmaniston.

E guruhi - O'zbekiston, Iroq, Xitoy Taypeyi, Falastin.

F guruhi - Yaponiya, Qatar (mezbon), Mo'g'uliston, Nepal.

G guruhi - Avstraliya, Indoneziya, Quvayt (mezbon), SHimoliy Mariana orollari.

H guruhi - Malayziya, Laos (mezbon), BAA, Livan.

I guruhi - Yaman, Vetnam (mezbon), Qirg'iziston, Myanma.

J guruhi - Tojikiston, Ummon, Singapur (mezbon), Guam.

Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston U-17 terma jamoasi E guruhida joy olgan bo'lib,  o'smirlarimiz o'z o'yinlarini quyidagi tartibda o'tkazadi.

23 oktyabr. O'zbekiston - Falastin

25 oktyabr. Xitoy Taypeyi - O'zbekiston

27 oktyabr. O'zbekiston - Iroq

Buni qarangki, xuddi yoshlar terma jamoamiz kabi o'smirlarimiz ham saralashni Xitoy Taypeyida o'tkazadi. Bu yoshdagi terma jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov bo'lib, yosh mutaxassis va uning shogirdlariga bo'lajak bahslarda omad tilab qolamiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика