So’nggi yangiliklar

U-17 JCH kundaligi. Pley-offning ilk ishtirokchisi, eng qimmat 10 nafar futbolchi, suv bosgan stadion va O'zbekiston o'yinini kuzatgan xo'randa muxlislar Yangiliklar

U-17 JCH kundaligi. Pley-offning ilk ishtirokchisi, eng qimmat 10 nafar futbolchi, suv bosgan stadion va O'zbekiston o'yinini kuzatgan xo'randa muxlislar

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga oid qiziqarli yangiliklar bilan o'rtoqlashishda davom etamiz.

Ispaniya nimchorak finalga yo'l olgan dastlabki terma jamoaga aylandi

Ispaniya U-17 terma jamoasi kecha Malini 1:0 hisobida mag'lub etib, 2023 yilgi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgan birinchi jamoaga aylandi. 

Avvalroq "matadorlar" Kanadani 2:0 hisobida mag'lub etgandi. "Qizil furiya" 3-turni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Bandung kuchli yomg'ir ostida qoldi, bu esa "Jalak Harupat" stadioniga tasir o'tkazdi

Yakshanba kuni Indoneziyaning Bandung shahrida kuchli yomg'ir yog'di. Buning oqibatida jahon chempionati uchrashuvlari o'tkaziladigan "Jalak Harupat" stadioniga suv kirib borgan. Mazkur o'yingohda "D" va "F" guruhi ishtirokichlari 1-tur o'yinlarini o'tkazgandi. Malumotlarga ko'ra, suv toshqini stadion holatiga tasir qilmagan va maxsus xodimlar maydonni bo'lajak uchrashuvlarga shay holatga keltirishgan.

2023 yilgi U-17 jahon chempionatining eng qimmat futbolchilari aniqlandi:

1.A.Uedraogo (Germaniya) – 6 million evro

2.K.Echeverri (Argentina) — 4 million evro

3.N.Darvich (Germaniya) – 2,5 mln evro

4.Rayan (Braziliya) – 1,5 million evro

5.M.Bernal (Ispaniya) – 1 million evro

6.Kaua Elias (Braziliya) – 700 ming evro

7.P.Kubarsi (Ispaniya) – 500 ming evro

8.I.Semyuels-Smit (Angliya) – 500 ming evro

9.X.Fort (Ispaniya) – 500 ming evro

10.F.Yelch (Germaniya) – 500 ming evro.

Malilik muxlislar O'zbekistonga qarshi o'yinda "tovuqli ugra" deya qichqirdi

17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi 2023 yilgi jahon chempionati doirasidagi O'zbekistonga qarshi uchrashuvda Mali ishqibozlari tovuqli lapsha, qovurilgan guruch kabi Indoneziya taomlarini aytib, qichqirgan. Boshqalari esa "mazali" deya tasdiq so'zini bildirgan.


U-17 JCH. Mast holatda qo'lga olingan futbolchilar, cho'kish xavfi ostida turgan mezbon mamlakat, ortiqcha yuk bilan kelgan Ekvador va boshqa yangiliklar

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика