So’nggi yangiliklar

U-17 jahon chempionati. Bugun O'zbekiston Maliga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

U-17 jahon chempionati. Bugun O'zbekiston Maliga qarshi o'ynaydi

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

Terma jamoamiz musobaqadagi ilk o'yinini Maliga qarshi o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Uchrashuvni urugvaylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Texera Gustavo, unga qanotlarda hamyurtlari Barrerio Karlos va Nievas Andres yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Aranda Aprismanga (Indoneziya) topshirilgan.

Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.

Uchrashuv TELEGRAMDAGI KANALIMIZ orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика