So’nggi yangiliklar

13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  0 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3

"Turon"ning tezlik olgan "tulporlari" bugun "Nasaf"ga qarshilik ko'rsata oladimi? Aliqulovning funkciyasini endi kim bajaradi? Yangiliklar

"Turon"ning tezlik olgan "tulporlari" bugun "Nasaf"ga qarshilik ko'rsata oladimi? Aliqulovning funkciyasini endi kim bajaradi?

"Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvi bilan bo'lib qolgan bahslarni etibordan chetda qoldirishimiz adolatdan bo'lmasdi

Zero bu jamoalar ham o'z maqsadlari yo'lida dadil harakat qilmoqda. Ayniqsa birinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Turon"ning ikkinchi davra startida tezlik olgani yo'qolgan umidlarni uyg'otgan bo'lsa ajab emas. 

So'nggi ikki o'yin tahlili 

"Turon" "Buxoro"ni omadi kelib so'nggi daqiqalarda gol urib yutib ketdi. Lekin Yorqin Nazarov shogirdlari shu kuni maydonda futbol o'ynay olishini ko'rsatdi. Deylik qizil kartochkadan so'ng tabiiyki ustunlikni qo'liga oldi. SHohmalik Komilov bugungi "Turon"ning asosiy figurasi va ikki zona o'rtasidagi bog'lovchisi bo'lib turibdi. Hujumlar bevosita oldinga siljishida qarshilik yarim himoyachi jonbozlik ko'rsatmoqda. Yorqin Nazarov SHohmalikni maydondan olgach oldinda kreativlik kamaydi va ustunlik to'laligicha "Buxoro"ga o'tdi. Balki u 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasdir. Balki g'alabaga erta ishonib yuborildi. Maydondagi ikkinchi figura Fayzullobek Jumanqo'ziev. Hujumga tezda qo'shilish va erkin harakat qili orqali o'zi vaziyatlar yaratmoqda. Etibor bergan bo'lsangiz 2:2 pallada "Turon" bo'sh xududlarni topa oldi va tezda qaror chiqardi. 

"Paxtakor-79" bilan o'yinda "Turon" 40-daqiqagacha ochig'ini aytish kerak qiynaldi. Bu pallada Abega Enyang katta sahnaga chiqib keldi. Ikkinchi bo'limda Yorqin Nazarov bir nechta o'zgarishlarni qildi va o'yinni kuchaytirdi. 68-daqiqada SHohmalik Komilov jamoasining ikkinchi golini urdi. U bugun sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. 

Balli-kalla "Nasaf

"Nasaf" bu mavsumda ikkinchi qavatda ancha muvaffaqiyatli harakat qilyapti. Deylik jamoa bu mavsumda 25ta gol urdi va shularning 14tasi bosh bilan urilgan. Bu borada CHavez ham o'zini ko'rsatishni boshladi. O'zbekiston kubogi nimchorak finalida "Nasaf" "Buxoro" darvozasiga 4ta gol urdi va gol mualliflarining barchasi kallasini ishga soldi. Hujumchilar, jarima maydonchasi ichidagi futbolchilar yuqoridan keladigan uzatmalarga tayyor turishibdi.  

Aliqulovning "Nasaf"dagi funkciyasini kim bajaradi?

"Nasaf"ning Ramosiga aylanib ulgurgan Husniddin Aliqulov "Rizespor" futbolchisiga aylanib bo'ldi. Aslida Husniddin bundan ham erta ketishi kerak edi. CHunki plankasidan o'tdi va bu ketishda o'sishdan qolib ketish xavfi yo'q emasdi. Xuddi shunday holat Nasrullaev va Bozorovda yuz berishni boshlagan. Endilikda qarshiliklar mudofaa chizig'ida Alibek Davronov va G'olib G'aybullaev asosiy planda bo'lishadi. Umar Eshmurodov o'yin davomida funkciyasini o'zgartirib turishini hisobga olsak, standartlarda, hujumchi rolida Alibek va G'olibni ko'ramiz. "Turon" murabbiylari bu borada ancha ehtiyot bo'lishlari talab etiladi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика