Turkiya Superligasi. “Karagyumruk” Ozdoevning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi. SHukurov 2-taymda maydonga tushdi (+turnir jadvali)
01 fev 2023 09:35
Yangiliklar
Turkiya Superligasi. “Karagyumruk” Ozdoevning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi. SHukurov 2-taymda maydonga tushdi (+turnir jadvali)
Turkiya chempionati 22-turida “Karagyumruk” o'z maydonida “Beshiktosh”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Uchrashuvda hisobni 33-daqiqada Jenk Tosun ochdi. 2-tagm boshida esa mezbonlarning rossiyalik legioneri Magomed Ozdoev gol urib, muvozanatni tenglashtirdi. Otabek SHukurov 69-daqiqada Andrea Bertolachchi o'rniga zaxiradan bahsga qo'shildi. Uchrashuvda esa hisob boshqa o'zgarmadi.
Andrea Pirlo shogirdlari ochkolarini 23 taga etkazib, musobaqa jadvalida 10-o'rinda bormoqda. “Beshiktosh” esa 39 ochko bilan 4-pog'onada turibdi va peshqadam “Galatasaroy” bilan farq 9 ballni tashkil etmoqda.
Eslatib o'tamiz, fotihliklar keyingi turni 4 fevral kuni safarda “Ankaragudju”ga qarshi o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar