TTG moliyaviy holati og'irligi tufayli futzal bo'yicha Oliy liga bahslarida qatnashmaydi, uning o'rnini "Dinamo" egallaydi
31 avg 2023 15:45
Yangiliklar
TTG moliyaviy holati og'irligi tufayli futzal bo'yicha Oliy liga bahslarida qatnashmaydi, uning o'rnini "Dinamo" egallaydi
Biroq mazkur jamoa moliyaviy qiyinchiliklar sabab Liga qatnashchilari safidan chiqishini bildirib murojaat qildi.
“O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan futzal musobaqalari reglamenti”ning 8.5-bandiga ko'ra mavsum yakunida yuqori ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan klub ushbu huquqdan voz kechsa yoki unda mazkur ligada ishtirok etish uchun reglament asosida to'siq bo'lsa, uning o'rni mavsum yakuniga ko'ra keyingi o'rinni egallagan boshqa klub bilan to'ldirilishi belgilab qo'yilgan. SHundan kelib chiqib, o'tgan mavsum Birinchi ligada ikkinchi bo'lgan va faqatgina o'tish o'yinida “Navbahor”ga imkoniyatni boy bergan Samarqandning “Dinamo” jamoasi 2023/24 yilgi mavsumni Oliy ligada o'tkazishi belgilandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar