Tremulinas faoliyatini yakunladi
15 fev 2019 09:05
Yangiliklar


Tremulinas faoliyatini yakunladi
Franciya terma jamoasi sobiq himoyachisi Benua Tremulinas futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'ydi.
“Dinamo Kiev”, “Sent-Eten”, “Bordo” va “Sevilya” klublarida faoliyat olib borgan Tremulinas 33 yoshida futboldan ketishini elon qildi. U 2017 yildan beri klubsiz qolayotgandi. Benuaning faoliyatini yakunlashiga asosiy sabab sifatida jarohatlardan so'ng tiklana olmaganligi ko'rsatilgan.
Klublardagi faoliyati davomida u 316 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 52 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Franciya terma jamoasi safida esa 5 ta o'yin (2012-2015) o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar