Transfermarkt: "Andijon" yangi legioner bilan yil oxirigacha shartnoma tuzdi
17 iyu 2024 13:03
Yangiliklar
Transfermarkt: "Andijon" yangi legioner bilan yil oxirigacha shartnoma tuzdi
"Andijon" klubi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "burgutlar" kecha o'rtoqlik uchrashuvida Pro liga ishtirokchisi "Aral" klubini 5:0 hisobida mag'lub etishdi. Mazkur bahsda qozog'istonlik Abinur Nurimbet maydonga tushib gol urdi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Abinur kecha 16 iyul kuni "Andijon" bilan 2024 yil oxiriga qadar shartnoma tuzgan.
Malumot uchun, Abinur bunga qadar Qozog'istonda "Taraz" va "Ulitau", Belarusda "Energetik-BGU" va "Gomel" klublarida to'p tepgan. Transfermarkt portali uning transfer narxini 175 ming evroga baholamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar