Tramp xavfsizlik sababli Bostonni JCH-2026 o'yinlaridan mahrum etish bilan tahdid qildi: "Men Infantinoga qo'ng'iroq qilaman - u buni osonlikcha amalga oshiradi"
15 okt 16:15
Yangiliklar
Tramp xavfsizlik sababli Bostonni JCH-2026 o'yinlaridan mahrum etish bilan tahdid qildi: "Men Infantinoga qo'ng'iroq qilaman - u buni osonlikcha amalga oshiradi"
Seshanba kuni u Argentina prezidenti Xaver Miley bilan uchrashdi va jurnalistlar savollariga javob berdi. Muhbirlardan biri undan Boston meri Mishel Vu va o'yinlarni boshqa shaharga ko'chirish ehtimoli haqida so'radi.
"Biz o'yinlarni boshqa joyga ko'chirishimiz mumkin. Men Boston aholisini yaxshi ko'raman. Bilaman, chiptalar sotilib bo'lgan, lekin ularning meri unchalik yaxshi emas. U aqlli... lekin radikal so'l qarashli.
Agar men u erda xavfsizlikka tahdid sezsam, men FIFA prezidenti Janni Infantinoga qo'ng'iroq qilaman va aytaman: “Keling, o'yinlarni boshqa joyga ko'chirsak.” U buni xohlamasa ham, juda oson amalga oshiradi», — dedi Tramp.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati-2026 AQSH, Kanada va Meksikada kelasi yil 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar