So’nggi yangiliklar

00:43Футзал бўйича Осиё ёшлар ўйинлари: Ўзбекистон ярим финалда Эрондан 14 та тўп қабул қилиб олди  5 23:28"Интер" дарвозабони 81 ёшли нафақахўрнинг ҳаётига зомин бўлди  1 22:43"Ал Насср" — "Ал Иттиҳод". Таркиблар маълум  2 22:28Артём Филипосян: "Финалда кучли жамоа ғалаба қозонсин"  0 22:04Камолиддин Тожиев эртага Бахтиёр Ашурматов ва Миржалол Қосимов қаторидан жой олиши мумкин  1 21:32ЎФА Рўзиқул Бердиев бўйича суриштирув ўтказади  50 21:16Игорь Сергеев: "Финалдан олдин кўп гапириб юбориш яхши эмас"  5 20:48Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди  41 20:28Марказий учрашув қаҳрамони бўлган дарвозабон, дублга эришган 18 ёшли футболчи, олис масофадан дарвозани ишғол этган вингер — Суперлигада 26-турнинг энг яхшилари  1 20:02Пўлатов, Ахроров, Каримов, Кенжабоев, Кривокапич... Суперлига 26-тур рамзий терма жамоаси  0 19:54"Бухоро"нинг Ўзбекистон Кубоги финалидан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 19:48Фарҳод Нишонов: "Насиб қилса, Суперлигага чиқамиз"  1 19:40Камолиддин Тожиев: "Менсимаслик бўлиши мумкин эмас. Жаҳонгир ака сафарга кетганлар, эртага финалга етиб келар эканлар"  10 19:35Артём Петросян: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 19:20Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея билан ўртоқлик учрашувларида қатнашади  2

APL. "Tottenxem" g'alaba qozondi va peshqadam bo'lib oldi Yangiliklar

APL. "Tottenxem" g'alaba qozondi va peshqadam bo'lib oldi

APL 3-tur doirasidagi "Tottenxem" - "Vulverxempton" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tottenxem – Vulverxempton 1:0
20 avgust, "Tottenxem Xotspur Stedium"
Gol
: 1:0 – 64 Keyn.

"Tottenxem" – Loris, Emerson, Dayer, Devis, Sanches, Perishich (Sessenon, 76), Son Xyn Min (Risharlison, 76), Xeyberg, Bentankur, Kulusevski (Bissuma, 86), Keyn.

"Vulverxempton" – Joze Sa, Kastro, Kollinz, Kilmen, Ait-Nuri (Semedu, 71), Moutinyu (Dendonker, 58), Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Podense (Ximenes, 59), Netu (Traore, 71), Gedesh (Xvan Xi CHxan, 81).

Ogohlantirishlar: Xyoyberg (12), Ait-Nuri (56), Keyn (67), Kollinz (67).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


SHu pallada bosh hakam final hushtagini chaldi va "Tottenxem" og'ir, lekin muhim g'alabani qo'lga kiritdi. 

90+4-daqiqa. Risharlison bir nechta raqiblari o'rtasidan o'tib borib, zarba berdi, biroq noaniq. 

90+2-daqiqa. "Tottenxem" qarshi hujumda yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo Sessenonning Rishartisonga yo'llagan to'pi manzilga etib bormadi. 

90-daqiqa. O'yining asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. Per-Emil Xyoyberg yordamga muxtoj bo'lib maydonda yotibdi. Konte o'zini qo'yarga joy topa olmayapti.

86-daqiqa. Konte shogirdlariga bo'shashmaslik kerakligini uqtirmoqda.

86-daqiqa. O'zgarish! Deyan Kulusevski o'rniga Iv Bissuma.

82-daqiqa. Mehmonlar raqib himoyasini yorib o'ta olishmayapti.

79-daqiqa. Kulusevskining uzatmasi zarba bo'lib ketdi, ammo Joze Sa bunga tayyor edi. 

76-daqiqa. O'zgarishlar! Son Xyon Min va Ivan Perishich o'rniga Risharlison va Rayan Sessenon o'yinga qo'shildi. 

74-daqiqa. Mehmonlar to'pni nazorat qilishmoqda.

71-daqiqa. O'zgarishlar! Ait-Nuri va Pedru Netu o'rniga Adama Traore hamda Nelson Semedu tushdi.

67-daqiqa. Ogohlantirish! Hozirgina gol urgan Xarri Keyn va Natan Kollinsga hakam sariq kartochka ko'rsatdi. 

64-daqiqa. GOOOOOOOOL! Son burchakdan to'pni uzatmani amalga oshirdi, Perishich boshi bilan to'p yo'nalishini o'zgartirdi va Keyn boshi bilan hisobni ochdi! 

63-daqiqa. Son Xyon Minda vaziyat bo'ldi, ammo bor yo'g'i burchak zarbasi.

61-daqiqa. Mehmonlarning tezkor hujumi samarasiz ketdi.

58-daqiqa. O'zgarish! Moutinyu o'rniga Dendonker

56-daqiqa. Ogohlantirish! Ait-Nuri sariq kartochka ishlab oldi. 

54-daqiqa. Katta tezlikda oldinga oshiqayotgan Kulushevski qo'pollik bilan yiqitildi.

Ikkinchi taymning ortda qolgan 5 daqiqasida to'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 75-25 mezbonlar foydasiga.

50-daqiqa. Keynning uzatmasidan keyin Son jarima maydonchasi ichidan boshida zarba berdi, lekin noaniq. 

Uzatmadan keyin oxirgi zarbani bera oladigan futbolchi topilmadi.

47-daqiqa. Mezbonlar uchun yana burchak zarbasi. 

Birinchi bo'limda bittagina zarba bergan "shporlar" ikkinchi bo'limni faol boshlashdi va burchak zarbasi ishlab olishdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi.  

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga qaytib chiqishmoqda. 

SHu pallada hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi.

45+2-daqiqa. Gedesh posbondan ham qochdi, lekin zarba berish uchun noqulay nuqtada bo'lganligi sabab Mateus Luisga to'pni oshirdi, Luisning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

Taymning so'nggi daqiqasiga kelib birinchi zarbasini bergan "shporlar" bir yo'la gol urib qo'yishi mumkin edi. Keynning o'ziga xos zarbasidan keyin Joze Sa qiyinchilik bilan jamoasini qutqarib qoldi.  

44-daqiqa. Xyoybergga nisbatan fol.

42-daqiqa. Juda uzoq davom etgan hujumni Mateus Luis bosh bilan zarba berib, gol bilan yakunlashi mumkin edi. Loris faqatgina tomoshabin bo'lib qolgandi, lekin to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.  

39-daqiqa. Ivan Perishich o'yindan tashqari holatda. 

37-daqiqa. "Tottenxem"ning burchak zarbasi ancha xavfli chiqdi, ammo yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi. Keyin esa hakamlar to'pga oxirgi bo'lib mehmonlar vakili teginganini sezmay qolishdi.

35-daqiqa. Erik Dayer to'p uchun kurashda qoidani buzishga majbur bo'ldi.

34-daqiqa. "Vulverxempton" futbolchilari ketma-ket zarba berishdi, vaziyat ancha jiddiy bo'lishi mumkin edi. Biroq birinchisida Emerson to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi, ikkinchi urinishga esa aniqlik etishmadi.

32-daqiqa. O'yin tempi biroz tushdi. 

29-daqiqa. Mehmonlar yana chap qanotdan oldinga o'tishga urinishmoqda.  

26-daqiqa. Emerson va Kulusevski birgalikda raqibning hujumuni uzib qo'yishdi. 

23-daqiqa. Emerson oyog'ida og'riq his qilib, maydonda yotibdi.

20-daqiqaga kelib zarbalar bo'yicha ko'rsatkich 0:4 mehmonlar foydasiga. "Tottenxem" hozircha darvoza tomon birorta zarba bera olmadi.

18-daqiqa. Tottenxem" burchak zarbasi ishlab oldi.

14-daqiqa. Emerson va Kulusevski birgalikda vaziyat yuzaga keltirishga yaqin keldi.

12-daqiqa. Ogohlantirish! Per-Emil Xyoybergga Gonsalu Gedeshga nisbatan ochiqchasiga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

Markazga yaqin joyda Bentankurning sustkashligidan keyin to'pni egallagan Gedesh oldinga qarab bordi va zarba berdi. Biroz noaniq.

10-daqiqa. Zarbani koreyalik futbolchining o'zi ijro etdi, ammo omadsiz.

9-daqiqa. Yana Songa nisbatan fol. Bu safar Kollins aybdor.

8-daqiqa. Burchakdan to'p jarima maydonchasi tashqarisidagi Neveshga uzatildi va u to'pni to'xtatmay zarba berdi, urinish aniq bo'lsada, Ugo Lorisga muammo tug'dirmadi.

7-daqiqa. Moutinyu Songa nisbatan qoidani buzdi, lekin darhol hamkasbidan uzr so'rab qo'ydi.

6-daqiqa. Gonsalu Gedesh qulay vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, ammo Sanches to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

3-daqiqa. Uzoq masofaga yo'llangan uzatmadan keyin Keyn qulay vaziyatga chiqishi mumkin edi, ammo to'p maydondan chiqib ketib qoldi.

2-daqiqa. "Vulverxempton" maydonning raqib yarmiga o'tib, to'pni nazorat qilmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.


Qitadoshimiz Son Xyon Min saytimiz o'quvchilariga salom yo'llamoqda.


Jamoalarning asosiy tarkibi malum bo'lib ulgurgan.

"Tottenxem": Loris, Emerson, Dayer, Devis, Sanches, Perishich, Son Xyon Min, Xeyberg, Bentankur, Kulusevski, Keyn.

"Vulverxempton": Joze Sa, Kastro, Kollinz, Kilmen, Ait-Nuri, Moutinyu, Podense, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Gedesh, Netu.


APL TURNIR JADVALI

Tottenham Hotspur

Harry Kane - 64'

Premier League . 3-tur

20/08/2022, 17:30

0
:
1
Tugadi

Wolverhampton Wanderers

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 61298 tomoshabin

Bosh hakam: Simon Hooper

45'
90'
12'  Pierre-Emile Hoejbjerg
64'  Harry Kane
64'  Ivan Perisic
67'  Harry Kane
76'  Heung-Min Son (Richarlison)
76'  Ivan Perisic (Ryan Sessegnon)
86'  Dejan Kulusevski (Yves Bissouma)
56'  Rayan Ait Nouri
58'  Joao Moutinho (Leander Dendoncker)
59'  Daniel Podence (Raul Jimenez)
67'  Nathan Collins
71'  Pedro Neto (Adama Traore)
71'  Rayan Ait Nouri (Nelson Semedo)
81'  Goncalo Guedes (Hee-Chan Hwang)


'

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика