"Tottenxem" Moura bo'yicha kelib tushgan ikki taklifni rad qildi
03 sen 2022 11:28
Yangiliklar
"Tottenxem" Moura bo'yicha kelib tushgan ikki taklifni rad qildi
Londonning "Tottenxem" klubi yozgi transfer oynasida vinger Lukas Moura transferi bo'yicha Angliya Premer-ligasining ikki klubidan kelgan taklifni rad etdi.
Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Nyukasl" va "Aston Villa" futbolchini sotib olmoqchi bo'lgan, ammo "shporlar" rahbariyati futbolchi bilan xayrlashmaslikka qaror qilgan.
30 yoshli Lukas Moura joriy mavsumda "Tottenxem" safida 2 ta o'yin o'tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar