"Tottenxem" Edvardsni jamoaga qaytarmoqchi
09 noy 2023 17:08
Yangiliklar
"Tottenxem" Edvardsni jamoaga qaytarmoqchi
"Tottenxem" "Sporting" yarim himoyachisi Markus Edvardsni jamoaga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Bu haqda "The Sun" xabar bermoqda.
Portugaliyaning "Correio de Manha" nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining shartnomasida tovon puli 52 million funtni tashkil qiladi. "SHporlar" 35 foiz huquqga ega, ular Edvards xizmatlari uchun 34 million funt to'lashlari kerak.
Edvards "Tottenxem" akademiyasidan chiqqan va bir marta asosiy tarkibda o'ynagan. 2019 yilda yarim himoyachi "Vitoriya"ga ko'chib o'tdi va 2023 yilning yanvarida "Sporting" futbolchisiga aylandi.
Edvards Lissabon klubi safida 80 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar