"Tottenxem" bosh murabbiyi APLda tarixiy muvaffaqiyatga erishdi
24 okt 2023 19:35
Yangiliklar
"Tottenxem" bosh murabbiyi APLda tarixiy muvaffaqiyatga erishdi
Ilgari buni hech kim uddalay olmagan.
Angliya Premer-ligasining 9-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Tottenxem" "Fulxem"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu o'yindan so'ng London klubi ustozi Angelos Postekoglu rekord o'rnatdi, deb xabar berdi "Squawka".
Postekoglu APL tarixida 9 turda 23 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgan birinchi murabbiyga aylandi. Avvallari mavsum boshida bunday ko'rsatkichga hech kim erishmagandi.
Ayni damda "Tottenxem" APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "SHporlar" hisobida 7 g'alaba va 2 durang bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar