"Tottenxem" Beylni ijaraga olmoqchi bo'lgan ekan
13 mar 2019 16:30
Yangiliklar
"Tottenxem" Beylni ijaraga olmoqchi bo'lgan ekan
"Tottenxem" rahbariyati bir yil oldin "Real" hujumchisi Garet Beylni jamoaga qaytarishga uringan.
Malumotlarga ko'ra, London klubi uelslik futbolchini ijaraga olmoqchi bo'lgan, ammo o'shanda kelishuv amalga oshmagan edi.
"Tottenxem" Beyl maoshining (12 mln. evro) bir qismini to'lamoqchi edi. Oldinroq, "Real" "shporlar"dan Kristian Eriksenni olish uchun hujumchini kelishuvga qo'shmoqchi ekanligi elon qilingan edi.
Malum bo'lishicha, Beyl va "Real"ga qaytgan Zinedin Zidan o'rtasida munosabatlar yaxshi emas. Bu jihat forvardning jamoadan ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar