So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Toshkentda yana Iordaniya mehmon bo'ladi Yangiliklar

Toshkentda yana Iordaniya mehmon bo'ladi

Bundan bir yil muqaddam Iordaniya terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'tgan jahon chempionati saralash bahsi biz uchun salbiy taassurot qoldirgan.
O'shanda penaltilar seriyasidagi mag'lubiyat tufayli Urugvay bilan o'ynash imkoniyatidan mahrum bo'lgandik. Endi esa ushbu raqib qarshimizda o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishga tayyor turibdi. Bu safar uchrashuv maqomi oldingidek ahamiyat emas, lekin har ikki jamoaning keyingi rejalariga qandaydir o'zgarish kiritish uchun etarli bo'ladi.

IORDANIYA FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil etilgan yili:
1949
FIFA azosi: 1956
Rasmiy veb sayti: www.jfa.com.jo
Prezidenti: SHahzoda Ali Bin Al Hussayn
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 121191
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 4941
Klublari soni: 102
Futbol rasmiylari soni: 6231



Iordaniya futbol associaciyasi 1949 yilda tashkil etilgan va 1956 yildan FIFA azosi hisoblanadi. Bu mamlakat futbol tarixidagi eng katta natija hozircha Osiyo Kubogida ikki marta chorak finalga etib kelingani bo'lgan. Ushbu musobaqada iordanliyaliklar o'sha ikki safar qatnashganlar xolos. Jahon chempionati saralash bosqichlaridagi eng yaxshi ko'rsatkich ushbu saralash bahslarida kuzatilib turibdi. Iordaniyada futbol asosan 1990-yillarning o'rtalaridan rivojlana boshladi. Lekin hozirgacha ham milliy terma jamoa qita grandlari qatoriga qo'shilgani yo'q. Mamlakatda jami 102 futbol klubi faoliyat yuritadi. Professional futbolchilar soni esa 5 ming nafarga yaqin.

Mamlakatda uchta liga mavjud. Yuqori ligada 12 jamoa kurash olib boradi. U 1944 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Birinchi ligada 14, ikkinchi ligada esa 18 jamoa ishtirok etadi. Iordaniyaning eng mashhur jamoalari sifatida “Al Vihdat”, “Al Faysali” va “SHabab Ordun”ni etirof etish mumkin. “Vihdat” kelib chiqishi Falastinga taqalgan iordaniyaliklar tomonidan tashkil etilgan jamoa bo'lgani sababli “Faysali” bilan keskin raqobatga ega. Jamoalar milliy chempionatdan tashqari ikki kubokda g'oliblik uchun kurashishadi. Klublari OFK Kubogida uch marta g'alaba qozongan. Bu borada Iordaniya Osiyoda eng yaxshi natijaga ega. Kelasi yildan Iordaniya klublari OCHLda saralash bosqichida qatnashishlari kutilmoqda.



IORDANIYA MILLIY TERMA JAMOASI
Laqabi
: “Al Nashama”
Bosh murabbiyi: Ahmad Abdul Qodir
Sardori: Hotam Oqil
Stadioni: “Qirol Abdulloh”
FIFA reytingidagi o'rni: 56
Eng yuqori o'rni: 37 (2004, avgust)
Eng quyi o'rni: 152 (1996, iyul)
Birinchi rasmiy o'yini: Suriya – 3:1 (Misr, 1953 yil 1 avgust)
Eng yirik g'alabasi: Nepal – 9:0 (Amman, 2011 yil 23 iyul)
Eng yirik mag'lubiyati: Yaponiya – 0:6 (Saytama, 2012 yil 8 iyun)

Milliy terma jamoa ilk xalqaro uchrashuvini 1953 yilda o'tkazgan. Katta muvaffaqiyatlarga erishish nasib etmagani haqida yozib o'tdik. Oxirgi paytlardagi ijobiy natijalar tufayli FIFA reytingida 71-pog'onaga ko'tarildi. Iordaniya uy o'yinlarini Ammanda joylashgan “Qirol Abdulloh” stadionida o'tkazadi. Stadion 20 ming tomoshabinga mo'ljallangan.



IORDANIYA QIROLLIGI
To'liq nomi:
Al Mamlaka al Urduniya al Hashimiya
Poytaxti: Amman
Hududi: 92300 kv.km.
Aholisi: 6,5 mlndan ortiq
Pul birligi: dinor
Rasmiy tili: arab
Iordaniya terma jamoasini 1985 yildan boshlab hisoblasak, hozir ettinchi murabbiy boshqarmoqda. Bu juda yaxshi ko'rsatkich, albatta. Muhammad Avad 15 yil davomida “Nashama”ga boshchilik qilgan. Qolgan arab davlatlaridan farqli ravishda Iordaniya FA murabbiylarni behudaga almashtirmaydi. Misrlik Gohari 5 yil, portugaliyalik Vingada 2 yil, iroqlik Hamad 4 yil mobaynida Iordaniyaga boshchilik qilgan. Hozirgi murabbiy ishiga avgust oyining o'rtalaridan kirishdi.



Terma jamoa murabbiylari
Denni Maklennon (SHotlandiya) - 1984
Edson Tavares (Braziliya) - 1986
Muhammad Avad -1985-2000
Branko Smilyanich  - Serbiya 2000–2002
Mahmud Gohari (Misr) - 2002–2007
Nelo Vingada  (Portugaliya) - 2007–2009
Adnan Hamad (Iroq) - 2009–2013
Hussam Hassan (Misr) - 2013-14
Ahmad Abdul Qodir - 2014 yildan



Iordaniyaning 2014 yildagi o'yinlari
1 yanvar  Quvayt – 2:1
4 yanvar  Bahrayn – 1:0
7 yanvar  Qatar – 0:2
31 yanvar Ummon – 0:0
4 fevral Singapur – 3:1
5 mart   Suriya – 2:1
6 iyun   Kolumbiya – 0:3

Iordaniya bilan termamiz 9 uchrashuv o'tkazib, 3 g'alaba, 5 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan. 14 gol urgan jamoamiz 11 to'p o'tkazib yuborgan.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика