So’nggi yangiliklar

00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  2 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  10 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1

Toshkentda talabalar o'rtasida Students Cup musobaqasi o'tkaziladi Yangiliklar

Toshkentda talabalar o'rtasida Students Cup musobaqasi o'tkaziladi

Teglar :  Students Cup
2022 yilda ilk bor tashkil etilgan mini-futbol musobaqasi talaba yoshlar tomonidan iliq qarshi olinib, har bir uchrashuv o'ziga xos bayramga aylanib ketgandi.

Oradan ikki yil o'tib Coca-cola mazkur loyihani tiklashga qaror qildi.

Students Cup O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va Workout sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5282-son Qarori hamda 2023 yil 7 apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-115-sonli Qaroriga asosan havaskorlar futbolini ommaviylashtirish, yoshlarning futbolga qiziqishini oshirish, targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning futbol bilan shug'ullanishi uchun shart-sharoit yaratish, oliy talim muassasalari talabalarini mini futbol musobaqasiga jalb qilish maqsadida tashkil etiladi.

PFL tomonidan ilgari surilgan tashabbus Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan to'la qo'llab-quvvatlandi. Biz bu boradagi yordami uchun har ikki tashkilot vazirlari Kongratbay SHaripov va Po'lat Bobojonovdan minnatdormiz", - deb yozadi PFL matbuot xizmati. 

Ayni vaqtda O'zbekiston futbol associaciyasi oliy talim muassasalari o'rtasida III bosqichli Talabalar ligasi musobaqasini o'tkazib kelmoqda. Students Cup Talabalar ligasi kabi davriy musobaqa hisoblanmaydi. U kubok shaklida o'tkaziladi va bir necha kun ichida g'olib jamoa aniqlanadi. PFL Coca-cola bilan hamkorlikda boshqa loyihalarni ham amalga oshirayotganidan kelib chiqib, Students Cup poytaxt va Toshkent viloyati oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida tashkil etiladi.

Bugun — 4-aprel sanasida Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Professional futbol ligasi va O'zbekiston futbol associaciyasi mutaxassislari ishtirokida Students Cup musobaqasini tashkil etish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tadi. Musobaqa bilan bog'liq tafsilotlar Liga sahifalarida yoritib boriladi.

Musobaqada ishtirok etishni maqsad qilgan jamoa oliy talim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan talabnomani Tashkiliy qo'mitaga (info@pfl.uz) taqdim etishi lozim. Talabnomaning namunaviy shakli hamda musobaqa Nizomi Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi tomonidan tegishli oliy talim muassasalariga taqdim etiladi", - deb yozilgan PFL rasmiy saytida. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика