So’nggi yangiliklar

15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   0 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  1 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   2 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  5 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  1

To'rt nafar hamyurtimiz Qirg'iziston chempioni safidan o'rin oldi Yangiliklar

To'rt nafar hamyurtimiz Qirg'iziston chempioni safidan o'rin oldi

Bir qator hamyurtlarimiz o'z omadini Qirg'iziston chempionatida sinab ko'rishga ahd qilgan.
Yoshlar o'rtasida 2003 yili JCHda ishtirok etgan mahoratli himoyachi Temur Sultonovning faoliyatida oxirgi yillarda sezilarli pasayish bo'lganini ko'ryapmiz. O'tgan mavsum “Andijon” va keyinchalik “Xotira-79” jamoasida o'ynagan futbolchini bu yil hech bir klubda ko'rmayotgandik. Olingan malumotlar ko'ra, Sultonov joriy yilni legioner sifatida o'tkazmoqda.

33 yoshli Artur Parvanov oxirgi yillarda qo'lqoplarini mixga ilib, “Oq-tepa”da darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgandi. Ammo keyinchalik Toshkent jamoasidagi o'zgarishlardan so'ng Parvanov yana qo'lqoplarini oldida, futbolchilikni davom ettirishga qaror qildi.

Ayubxon Gapparovni ham bu yil o'zimizda hech bo'lmasa birinchi liga klubida uchratamiz deb o'ylagandik. Ammo 23 yoshli futbolchi ham O'shning “Oloy” jamoasiga o'tishga qaror qildi.

Yuqoridagi futbolchilardan tashqari ushbu jamoaga borib qo'shilgan yana hamyurtlarimizdan yana bir bu – Ernest Sedkodir. Bungacha asosan Qozog'iston birinchi ligasida o'ynagan hujumchi qishda “Andijon” va “Qo'qon-1912” ko'rigida ham bo'lib qaytgandi.

Qirg'iziston chempionatida ishtirok etuvchi O'shning “Oloy” jamoasi haqida qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, klub 1960 yili tashkil topgan. O'tgan yili oliy ligada 4-o'rinni egallagan. 2013 yili esa mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. SHuningdek (1992, 1993, 1996, 2008, 2009, 2012 yllar) 6 karra bronza medaliga egalik qilgan.

Bundan tashqari 2013 yili mamlakat Kubogini ham yutgan. 6 marotaba Kubok finalida ishtirok etgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика