"Torino"dan tashqari yana bir A Seriya klubi SHomurodovni o'z safiga qo'shib olmoqchi
30 iyu 2022 13:05
Yangiliklar
"Torino"dan tashqari yana bir A Seriya klubi SHomurodovni o'z safiga qo'shib olmoqchi
O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov qaysi klubga o'tishi ko'pchilikni qiziqtirayotgani bor gap.
Championat.asia saytining Italiya futboli bo'yicha mutaxassisi Sergey Rumyancevning malum qilishicha, "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodovni "Torino"dan tashqari "Sassuolo" ham o'z tarkibiga jalb qilishga urinmoqda.
Sergey bu borada "Sassuolo" sport direktori Jovanni Rossi va bosh direktor Jovanni Karnelli bilan gaplashdi. Ular bu borada juda ehtiyotkorlar, ammo ularga Eldor yoqishi mumkinligini tasdiqlashdi.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar Turinning "Torino" klubi Eldor SHomurodov bo'yicha "Roma"ga taklif yuborgani haqida malumot bergan edik.
SHomurodovga A Seriyaning ikki klubi qiziqmoqda. "Roma" hujumchini sotishga tayyor (Nikolo Skira)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar