So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 3:1 (матнли трансляция)  15 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  8 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  2 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

Tojikistonning “Xo'jand” klubiga yo'l olgan o'zbekistonlik Siroj Hamroev bilan suhbat Yangiliklar

Tojikistonning “Xo'jand” klubiga yo'l olgan o'zbekistonlik Siroj Hamroev bilan suhbat

Teglar :  Xo'jandTojikiston
Bilamizki, o'zbek va tojik xalqi azaldan do'st, inoq bo'lib kelgan. Bu esa futbolda o'z aksini topgan.

90-yillarda milliy chempionatimizda, jamoalarimizda bir qator tojikistonlik futbolchilar to'p tepishgan. “Dinamo”da Muhsin Muhammadiev, “Paxtakor”da Nuriddin Amriev, Vasiliy Postnov va hokazo. Qarangki, ikki qardosh mamlakat o'rtasidagi rishtalar ohirgi yillarga kelib yana tiklandi. Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, ko'plab futbolchilarimiz tojik jamoalarida o'ynaganini ko'rishimiz mumkin. Vusal Mageramov, Asiljon Begimqulov, Jahongir Abdumo'minov,Jalil Kimsanov...Mazkur odat hamon davom etmoqda. Qishki transferlar vaqtida “Xo'jand” jamoasi besh nafar o'zbekistonlik futbolchini safiga qo'shib oldi. Sanjar Rihsiboev, Mamur Ikromov, Andrey Sidorov, Siroj Hamroev, Asiljon Begimqulov. SHu bois yaqinda o'tgan yilni Samarqandning “Dinamo”sida o'tkazgan Siroj Hamroev bilan intervyu tashkil qildik.

- “Xo'jand” jamoasiga borib qo'shilishingiz qay tariqa yuz berdi?

- Menga jamoa rahbariyati Usmon Toshev orqali taklif bilan chiqishdi. Men taklfini har tomonlama o'rganib chiqib rozilik berdim. So'ng shartnoma imzoladik.

- Hozirda ko'plab futbolchilarimiz Tojikistonning turli jamoalariga o'tishmoqda. SHuningdek, tojikistonlik o'yinchilarga o'zbek klublaridan qiziqish katta bo'lyapti. Ushbu holat nima bilan bog'liq?

- Menimcha, bu prezidentimiz sababli bo'lmoqda. U kishining Tojikiston bilan hamdo'stlik aloqalarini yanada rivojlantirganlarining mevasi hisoblanadi. Tojikistonlik futbolchilar o'zbekistonda, o'zbekistonliklar bu erda. SHu sababdan futbolimizga bo'lgan qiziqish ancha ortgan. Bog'liqlik tomoni shunda bo'lsa kerak.



- Ikki mamlakat futboli o'rtasidagi o'xshashlikni ayta olasizmi?

- O'zbekistonda ko'proq to'p bilan muomala qilishni yoqtirishadi. “Xo'jand” va boshqa klublarda asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikka urg'u berishadi. SHuningdek, Tojikiston chempionatida kurashuvchan jamoalar ko'p. 2020 yilda barcha yuqori o'rinlar uchun intilishini tahmin qilish mumkin.

- “Xo'jand”da mashg'ulotlar qay tartibda o'tadi? Maydon va boshqa tashkiliy masalalar ko'ngildagidekmi?

- Jamoa azolari ahil, ichki muhit alo darajada. Meni yaxshi qarshi olishdi. Uy maydoni ajoyib holatda. SHuningdek, muxlislari ham ko'pligini, hech qaysi o'yinda yolg'izlatib qo'ymasligiga guvoh bo'ldim. O'rtoqlikmi, nazorat o'yinimi doim qo'llab quvvatlashga shay. Mehmondo'st ekanligini ortiqcha tariflash shart emas. Mashg'ulotlar qiziqarli, turli ko'rinishda o'tadi.

- Odatda futbolchilar har xil maqsadlarda xorij jamoalariga o'tishadi. Deylik, o'yinini kuchaytirish, formasini tiklash, terma jamoadan taklif olish kabi. Siz qanday niyatlar va maqsadlarni ko'zlayapsiz?

- Yagona maqsadim milliy terma jamoadan taklif olish va o'zimni ko'rsatgan holda kuchli klublar nazariga tushishn. Xabaringiz bor OFK kubogida qatnashamiz. Muvaffaqiyatga ozmi, ko'pmi yordam bermoqchiman. Musobaqada Osiyoning nomdor va kuchli klublari o'ynaydi. Jamoam bilan iloji boricha uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.



- Bosh murabbiy Nikola Lazarevich bilan Qaysi poziciyada o'ynashingizni gaplashib oldingizmi? U sizdan nimani xohlayapti?

- Murabbiy serbiyalik yaxshi inson ekan. Futbolchini tushunar ekan. Alohida o'tirib suhbatlashdik. Bilmagan narsalarimni so'rayman, o'rgatishdan qochmaydi. To'g'ri manoda qabul qiladi.

- “Dinamo”da omadsiz mavsum o'tkazganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Yo'q. Aslo afsuslanmagan bo'lardim. Klubdagi barcha xodimlarga rahmat aytib qolaman. Birinchi o'rinda Davron Fayzievdan minnatdorman, Ilhom SHaripovdan ham. Ular meni “Dinamo”ga kelishimga sababchi bo'lishgan.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика