So’nggi yangiliklar

19:58Салиба "Реал"нинг қизиқиши ҳақида: "Аввало, "Арсенал" билан совринлар ютмоқчиман"  0 19:50Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ваҳда" (матнли трансляция)  68 19:45Суперлига. "Пахтакор" – "Бунёдкор" 3:2 (Матнли трансляция)  29 19:32"Наполи" Майнуга ҳафтасига 40 000 евро тўлашга тайёр  0 19:03Гвардиола: "Ҳоланд Роналду ва Месси билан бир хил даражада"  11 18:19Артём Петросян: "Иккита голни ўзимиз рақибга "совға" қилдик"  0 18:03Неъматулла Қуттибоев: "3:0 ҳисобида зафар қучган бўлсак-да, ҳисоб ўйинга яраша бўлмади"  0 17:44ҚПЛ топ-клуби "Бунёдкор" футболчисига кўз тикди  1 17:13Элит ОЧЛ. "Насаф"нинг бугунги рақиби "Ал Ваҳда" охирги марта қачон ютқазганини биласизми?  2 16:57Про лига. "Арал" "Олимпик"ни йирик ҳисобда енгди, Қалмағамбетовдан дубль!  0 16:40"Бавария" рекорд даражада даромад топди  0 16:13"Реал" Гюлернинг муваффақияти учун пул тўлайди: "Фенербахче" билан шартномадаги яширин бонус фаоллаштирилди  1 15:44Аббос Файзуллаев машғулотларга қайтди  3 15:18"Насаф"нинг "Ал Ваҳда"га қарши ягона ўйинида қандай ҳисоб қайд этилган?  10 14:50"Манчестер Юнайтед" "Эвертон" ҳимоячиси учун "Тоттенхэм" билан рақобатлашмоқда  0

Timur Kapadze: "Qarshida to'p tepish doim yoqimli hislarni beradi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Qarshida to'p tepish doim yoqimli hislarni beradi"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Qarshida to'p tepish doim yoqimli hislarni beradi. Ajoyib muhit va maydonni alohida aytib o'tish joiz. "Nasaf" O'zbekistonning har tomonlama kuchli jamoasi hisoblanadi. Buni bugun ham isbotlashdi. Futbolchilar yaxshi harakat qildi. Tezkor gol qaysidir manoda rejalarimizni o'zgartirib yubordi. SHunga qaramay yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi",- deydi Timur Kapadze. 

- Olimpiya terma jamoamizning asosini shu jamoa futbolchilari tashkil qiladi. Ularning o'yin amaliyotiga ega bo'lgani foyda keltiryaptimi?

- O'yin amaliyoti muntazam berilib kelinyapti. Lekin xalqaro musobaqadagi tajribani hech qaerda ololmaysiz. U-23 Osiyo kubogida futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi. Ko'rinib turibdi, futbolchilar o'sishga erishishdi.  

- "Olimpik" oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Birinchi maqsadimiz futbolchilarni o'sishiga yordam berish. SHu orqali terma jamoaga ular munosib bo'lishlari kerak.  Albatta har bir o'yinda maydonga chiqib g'alaba qozonishni maqsad qilamiz. Buning uchun taktik, jismoniy umuman har tomonlama tayyorgarlik ko'ramiz. Ularga rahmat aytaman. 

- Finaldan keyin ruhiy tomondan tiklanish qanday kechdi?

- Bu mag'lubiyatni faqat ish orqali esdan chiqarish mumkin. Hozir buni o'ylab siqiladigan payt emas. Bu gapni futbolchilarga ham aytdim, deya olaman. Biz yanada kuchli bo'lishimiz lozim. Mashg'ulotlar, mehnat orqali bunga erishish mumkin. Stadiondagi muxlislarning ko'z yoshlarini ko'rib o'shanda men ham tasirlandim. G'alaba tortiq qilmoqchi edik. 

- Superligada chempionlik yo'lidagi kurash haqida nima deya olasiz?

- Turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, jamoalar juda zich joylashgan. Jon saqlash va chempionlik uchun raqobat katta. Ikkinchi davrada ko'p narsa hal bo'ladi. Favorit yo'q, birgina ochko jamoalarning o'rniga tasir qilishi mumkin.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика