So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Timur Kapadze: "O'ylaymanki, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'ylaymanki, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik"

U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi O'zbekiston – Yaponiya (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida vakillarimiz ustozi Timur Kapadze qatnashdi.

"Birinchi navbatda, butun O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman! Qiyin o'yin bo'ldi. Finalga chiqdik. Qisqa vaqt ichida Yaponiyaning o'yinlarini o'rganib chiqdik. Ko'rganingizdek, yigitlar bugun har taraflama iroda ko'rsatishdi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular borlarini berishdi. Bu barchamizning g'alabamiz. Tabriklayman!", – dedi Kapadze. 

- Jamoa Yaponiyani nimaning hisobiga mag'lub etdi deb o'ylaysiz? 

- Hamma sirlarni ocha olmaymiz. Barchasi taktik ishlanmalardan kelib chiqib sodir bo'ldi. Biz shu orqali ularni mag'lub etishga erishdik.

- Bugun o'zbekistonlik muxlislar stadionga kiritilmadi. G'alabada jurnalistlar ham qaysidir manoda hissa qo'shishdi. Nima deysiz?

- Muxlislarning kiritilish-kiritilmasligi kecha ham noaniq edi. Ammo afsuski, ularsiz o'yin o'tkazdik.  Muxlislar bilan o'ynasak, yanada yaxshi bo'lardi. 

Maqsadimiz yuqori edi. SHunchaki yutishimiz lozim edi, chunki o'z uyimizdamiz. Muxlislar uyda va stadion tashqarisida bizni qo'llab-quvvatlashini bilardik.

- Birinchi taymdan keyin hisob 0:0 edi va vaziyatlarimiz ham kam edi. Yigitlarga tanaffusda nimalarni uqtirdingiz?

- Bunaqa o'yinlarni bir o'yin hal qiladi. Ko'rdingiz, birinchi taymda bizda 1-2 ta imkoniyat bo'ldi, Yaponiyada esa umuman vaziyatlar yo'q edi. Biz Yaponiyaning xatolaridan unumli foydalandik. Jaloliddinovning golidan keyin hammasi ijobiy tarafga o'zgardi.

- Timur Kapadze ko'proq "Paxtakor" stadionida o'ynashni xohlaydi, degan mish-mishlar kuzatilgandi. "Bunyodkor" stadioni maysasi haqida fikr bildirsangiz...

- Albatta, ham yarim final, ham finalni "Paxtakor"da o'tkazishni xohlagandik. CHunki maydon holatini ko'rib turibsiz. Yaxshi maydon va havo futbolchilar uchun juda zarur. Dim havo futbolchilarga salbiy tasir qiladi. Futbolchilar maydon og'ir ekanligini aytishadi. "Paxtakor"da hammasi engilroq. Afsuski, OFKning talablari tufayli yarim final "Bunyodkor"da o'tdi. Menimcha, final ham shu erda bo'lib o'tadi.

- O'zbekiston U-23 ikkinchi marta Osiyo Kubogida zafar quchishi mumkin. Bu borada nima deya olasiz? (xorijlik jurnalist savoli) 

- Finalda ekanligimizdan juda ham xursandmiz. Oldimizga eng yuqori maqsadni qo'yganmiz. Nasib bo'lgani bo'ladi. Final bitta o'yindan iborat. Saudiya Arabistoni kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Yoshlarimiz bu turnirda g'olib bo'lgan. Biz ham muxlislarimizni shod etishga astoydil harakat qilamiz. 

- Jamoa finalda Saudiya Arabistoni bilan o'ynaymiz. Oldin Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi jamoamiz azolari Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelganda turli noxush holatlar kuzatilgan. Provakaciyalarga uchmaslik uchun yigitlarga nimalarni uqtirasiz?

- Biz o'ziga yarasha xulosa chiqardik. Saudiya Arabistoni bilan saralashda to'qnash kelgandik, u boshqa turnir edi. Undan keyin ko'plab musobaqalarda ro'baro' keldik. Biz bir-birimizni juda yaxshi taniymiz. 

- Ko'pchilik stadionga kiritilmaganini salbiy taraflarini ko'rsatib o'tdi. Buning ijobiy taraflari ham bo'ldimi? CHunki futbolochilar bosim his qilishmadi. O'yin uchun futbolchilarga qanday ko'rsatmalar bergandingiz?

- Birinchi navbatda, turnir boshidan yigitlarga kelayotgan muxlislar bizga yordam berish uchun keladi, deb aytdim. Bosim his qilmasliklarini takidladim, quloqlariga quydim. Ko'rganingizdek, bu foyda berdi. O'ylaymanki, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik.

- Doston Tursunovning holati haqida aytib o'tsangiz... 

- Menimcha, hammasi yaxshi. Oyog'i ozroq tortirishib qoldi, shekilli. Qiyin o'yin bo'ldi, ancha ter to'kishdi. Kichik jarohat olganlar va sariq kartochkalari ko'payib ketganlar bor. Nasib bo'lsa, hamma futbolchilarimiz salomat bo'lishsin. Bizni muhim o'yin kutib turibdi.

Reyting: +76   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика