So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  61 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Timur Kapadze "Olimpik"ning kubokdagi maqsadini aytdi Yangiliklar

Timur Kapadze "Olimpik"ning kubokdagi maqsadini aytdi

O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- O'yindan qoniqdim desam ham bo'ladi. Bugun g'alaba qozonishga harakat qildik. G'oliblik kayfiyatda kelgandik. O'yin oson bo'lmasligini bilardik. Sababi, "Andijon" ham yaxshi shakllangan jamoa, ularning ham oldiga qo'ygan vazifalari mavjud. O'yin davomida vaziyatlar yaratdik, qaerdadir o'xshadi, qaerdadir o'xshamadi. Afsuski, imkoniyatlardan foydalana olmadik. "Andijon" bilan yaqinda o'ynagandik. Bugungi o'yindan so'ng ushbu raqibga qarshi yana qanday uslub namoyish etish mumkinligini ko'rib oldik. Uchrashuvdan tegishli xulosa chiqaramiz. Endi chempionat bahsiga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- "Andijon"ga qarshi chempionat bahsida jamoa 0:1 hisobida yutqazgandi. Jamoaning avvalgi va bugungi o'yinida qanday farqni sezdingiz?

- "Andijon"ga qarshi uy uchrashuvimizda o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng raqib himoyaga etibor qaratgandi. Bugun esa, ayniqsa, birinchi bo'limda ochiq o'yin guvohiga aylandik. Ikkinchi bo'limda esa raqib yana himoyalandi, lekin buni bilardik. Bazi vaziyatlarda ular ochilishdi, o'shanda bizda imkoniyatlar bo'ldi. Bundan foydalansak bo'lardi. 

- "Olimpik"ning kubokdagi maqsadi qanday?

- Guruhdan chiqib, olg'a borishga harakat qilamiz. Qancha uzoqroqqa borsak, shuncha kuchli jamoalarga ro'baro' kelamiz. Bu esa bizga tajriba bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика