Timur Kapadze: "Jasur Hasanov bizni uch ochkodan mahrum qildi"
10 mar 2023 18:31
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Jasur Hasanov bizni uch ochkodan mahrum qildi"
Coca-Cola Superligasining 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'yin haqida
Qiyin uchrashuv o'tkazdik. Birinchi bo'limdan kamchilik bo'lib qoldik, shunga qaramasdan, shogirdlarim yaxshi harakat qildi. Hisobda oldinga chiqib oldik, g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Afsuski, durang qayd etildi. Bu biz uchun juda foydali o'yin bo'ldi, chunki o'n kishi bo'lib ham qanday harakat qilishni o'rgandik. Uchrashuvni tahlil qilamiz.
- Jasur Hasanov shu yoshida master-klass o'tab berdi...
- Jasur Hasanov katta tajribaga ega va har doim yaxshi o'yin ko'rsatib kelgan. Albatta, undan yoshlar o'rnak olsa bo'ladi. O'yindan avval uning harakatlarini o'rganganmiz. Ammo Jasurda imkoniyat paydo bo'lsa, u bundan foydalanadi. Afsuski, Jasur Hasanov bizni uch ochkodan mahrum qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar