Timur Kapadze Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga qaytishiga munosabat bildirdi
01 iyu 2022 15:37
Yangiliklar
Timur Kapadze Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga qaytishiga munosabat bildirdi
Bir necha soat oldin saytimizda Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga qaytishi haqida xabar chiqqan edi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mazkur holatga munosabatini bildirib o'tdi:
"Bu haqida eshitdim. Birinchi galda futbolchining "Lokomotiv" bilan shartnomasi bor edi. CHunki "Qayrat"da ijarada o'ynayotgandi. Fikrimcha, qaytgani yaxshiroq. Qozog'istonda o'yin amaliyoti kamroq bo'ldi. Bu erda ko'zimiz oldida o'ynaydi. Hozirda jismoniy holatini tiklashi kerak. O'ylaymanki, "Lokomotiv"da yana avvalgi formasiga qaytadi. Bu o'tish har tomonlama yaxshi, deb o'ylayman",- deydi Timur Kapadze championat.asia saytiga.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar