So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  4 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  37 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  54 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

Timur Kapadze: "Bugun yaxshi o'ynadik, faqat xatolarimiz qimmatga tushdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bugun yaxshi o'ynadik, faqat xatolarimiz qimmatga tushdi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Lokomotiv" (0:3) uchrashuvidan so'ng "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

Ilk navbatda "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'ylashimcha, o'yin yaxshi ruhda o'tdi. Mag'lubiyatga uchraganimiz yoqimsiz holat, ammo bu - futbol. Bugun himoyada xatolar ko'p bo'ldi, ayniqsa, ikki markaziy himoyachimiz ko'ngildagidek o'yin ko'rsata olmadi. Oqibatda, birinchi bo'limning o'zidayoq ikkita gol o'tkazib yubordik. Bu hisobdan so'ng oyoqqa turish qiyin bo'ldi, aksincha, gollar raqibga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Tajriba ham o'z so'zini aytdi. O'yin borasida yaxshi harakatlandik. Afsuski, xatolarimiz natijasida gollarni o'tkazib yubordik. 

- Behzod SHamsiev o'tgan yil jamoaning lideri hamda sardori edi. Bu yil esa Superligada ko'rinmayapti. Buning sababi nimada?

- Uning jarohati bor, undan forig' bo'lsa, maydonga qaytadi. 

- Qizil kartochka olganini qanday baholaysiz?

- Bu bo'lib turadigan narsa, qo'rqadigan joyi yo'q.

- Siz hech qachon qizil kartochka olmagansiz shekilli.

- Ha, men qizil kartochkaga tortadigan qo'pollik sodir etmaslikka harakat qilganman. Himoyachilarda bunday holat uchrab turadi.

- Bugun ikki asosiy qanot himoyachisi yo'q edi. Ularning o'rniga maydonga tushganlar juda yomon o'yin ko'rsatdi. Ularga qo'shilib, bir tekis o'ynab kelayotgan markaziy himoyachilar ham bazi epizodlarda xatolarga yo'l qo'ydi. Nimani evaziga himoyada bu qadar parokandalik bo'ldi?

- Asosiy himoyachilarning nega maydonga tushmaganligini bilasizlar, birida chetlatish, birida jarohat bor edi. Menimcha, ular yaxshi harakat qilishdi, ancha vaqtdan beri o'ynamayotgani uchun ularda hayajon sezilgan bo'lishi mumkin. Markaziy himoyachilarga nima bo'lganini aniq aytolmayman. "Lokomotiv" qarshi hujumlarda bizni jazolashga harakat qildi. Bizda yaxshi vaziyatlar bo'ldi, o'z xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Futbolchilar yosh, ularni tushunish kerak. Bizda tajribasi boy o'yinchilar deyarli yo'q. Umuman olganda, biz yaxshi o'ynadik. Birinchi taymda hujum qilishga qiynaldik, lekin ikkinchi bo'limda bu xatolarni to'g'riladik. Ertaroq gol urganimizda, vaziyat boshqacha bo'lishi mumkin edi. 

- O'yindan keyin bosh hakam bilan muloqot qildingiz, unga etiroz bildirdingizmi?

- Yo'q, unga o'yin uchun minnatdorchilik bildirdim. O'yin paytida etirozim bo'lgandir, hakam buni tushuntirdi. Uchrashuv yakunlandi, bu ham tarixga aylandi. Ularni ham tekshiradigan rahbariyat bor, biz o'z futbolchilarimizni xatolarini ko'rib chiqamiz. 

- "Neftchi"ga qarshi o'yinning ilk daqiqasida to'p raqib futbolchisining qo'liga tegdi. Ushbu vaziyatda penalti bormidi, bu haqda qanday fikrdasiz?

- Menimcha, bor edi. Negadir hakam VARga murojaat qilmadi. Bu vaziyatni ko'rib chiqsa bo'lardi. Poezd o'tib ketdi, uni nazorat komissiyasi ko'rib chiqishi kerak. 

- Ikki kundan so'ng o'zingiz maydonga tushasiz. O'rtoqlik o'yiniga qay darajada tayyorsiz?

- Holatim yaxshi. Terma jamoa libosida maydonga chiqish o'zgacha tuyg'u. 119 ta o'yinimning har birida hayajon bo'lgan, chunki buning masuliyati bor. 

- Hujumda ikkinchi taymda shogirdlaringiz yaxshi o'ynadi. Paslar, qanotlarda ham zo'r o'ynadi. Faqat markazda hujumni yakunlovchi futbolchi etishmadi. Noaniq paslar juda ko'p bo'ldi. 

- Bu borada ishlaymiz. O'yinlar orqali yoshlar o'sadi. Bir yildan so'ng bular ancha ulg'ayadi. 

- Tarkibga SHkvirin kabi futbolchilarni qidirib topib, tayyorlaganingiz yaxshi emasmi?

- Biz qidirpmiz. Masalan, Norchaev. "Nasaf"da hozirda ajoyib darajada bo'lmasa-da, gollar urmoqda. Boshqa jamoalardan o'yinchilarni kuzatyapmiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика