Ten Xag: "Fergyuson bilan gaplashib turibman"
04 sen 2022 14:57
Yangiliklar
Ten Xag: "Fergyuson bilan gaplashib turibman"
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag mankunianliklar sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson bilan muloqotlar haqida gapirdi.
"U va maslahatchilar bilan doimiy muloqotdaman. Bundan mamnunman va minnatdorlik bildiraman. Biroq yangi kelajak qurishning mavridi keldi deb hisoblayman. Menimcha bu tabiiy holat.
Men hayolparast inson emasman. Haqiqiy hayotga yaqinman. Bu yigitlar bilan katta chaqiruvga kelayotganimni va katta mehnat qilishimni bilardim. Klubda juda ko'p ishlaganimdan 100 kun o'tib ketganini ham sezmay qoldim. Menimcha bu yaxshi holat.
Hozir jamoaning rivojlanish jarayoni kechyapti. Jamoa bilan maydonda va uning tashqarisida bo'lish yoqmoqda. Haqiqatdan ham bundan zavq olyapman va bu menga ishtiyoq bermoqda. APL tajribasini olayotganim ham yaxshi bo'lmoqda", - dedi mankunianliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar