So’nggi yangiliklar

19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  2 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  1 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  10 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  7 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  9

Timur Kapadze: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik"

"Surxon" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (1:0) mehmonlar ustozi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Surxon"ni g'alaba bilan tabriklayman, oson o'yin bo'lmasligini bilardik. 

O'yin davomida vaziyatlarimiz ham bo'ldi va afsuski gol ura olmadik. Penaltidan gol o'tkazib yubordik. 

Bahsda nazorat bir tomonda bo'ldi, "Surxon" esa qarshi hujum evaziga biz tomon yo'l topmoqchi bo'ldi. 

Biz kamida durangga loyiq edik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Bundan ham yaxshiroq o'ynasak bo'lardi.

- "Olimpik"da aniq zarbalar soni kam bo'ldi. O'yinni nazorat qilish bilan ish bitmaydi. Ammo ishni oxirigacha etkaza olmadi. Bu nima bilan bog'liq?

- "Surxon" juda zich himoyalandi. Asosan Nimeli oldinda qoldi va u ham kerak paytda ortga qaytdi. Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham asosan qanotlar orqali imkoniyat izladik. Xavfli vaziyatlar yaratdik. "Surxon" yaxshi himoyalandi va bizga imkon bermadi. Ruxiy tomonlama? Bilmadim. Menimcha ruxan yaxshi tayyorlangandik. Men istagan futbolchilar o'zini ko'rsata olmadi. Kamchiliklar balki bordir, ammo men doim kerakli tavsiyalarni beraman. Bizda katta xatolar bo'lmadi, rivojlanish davridamiz. 

"Surxon" Nimeli orqali imkoniyat izladi. Buni oldindan bilgandik va shunga tayyorlangandik. Mag'lubiyatga haqli emasdik. "Surxon"ga nisbatan biz ko'proq hujum qildik. 

-"Olimpik" kelasi mavsumda yopilishi haqida xabarlar tarqaldi. Bunga qanday izoh bera olasiz?

- Bu feyk xabarlar. Bilmayman, qaerdan paydo bo'ldi. Hozir odatdagidek ishni davom ettirmoqdamiz. Mavsum oxirigacha o'ynaymiz va keyingi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz. Bu haqida o'ylab ko'rganimiz yo'q. Bunday gap qaerdan chiqqanini bilmayman. Lekin, jamoa bo'ladi.

- Olimpiadaga chiqadigan bo'lsak, yig'inlar ko'payadi. Bu narsa jamoaga qiyinchiliklar tug'dirmaydimi? Jamoadan ketishi mumkin bo'lgan futbolchilar o'rniga boshqa variantlar ko'rilmoqdami?

-Keyingi yil kamida yarim mavsum futbolchilar shu erda o'ynagani yaxshi. Xorijdan futbolchimizga qiziqayotganlar ham oldimizda qanday musobaqalar turganini biladi va buni hisobga oladi. 

-Siz yoshlar futboli masalasida O'zbekistonda iqtidorli murabbiylardan biri hisoblanasiz. Ham Olimpiya terma jamoasi, ham "Olimpik" murabbiyi sifatida o'zingizga qanday baho bera olasiz?

-Har kuni ishladik, rivojlanishga harakat qildik. Bilasiz, bizda tajribali emas, yosh futbolchilar bor. Biz rivojlanish davridamiz va ular jamoamizda ancha o'sdi deb o'ylayman. Ham "Olimpik" va OTJ borligi biroz qiyinchilik tug'dirdi, lekin ish yaxshi ketmoqda. Bundan men ham, futbolchilar ham xursandmiz. Bu yigitlar bizning kelajagimiz. Ularni qanchalik kuchaytirib, rivojlantirsak, futbolimiz bundan yutadi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика