So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Tasodifiy transferlar Yangiliklar

Tasodifiy transferlar

Futbol bozori juda murakkab jarayon. Klublar potencial transferlar uchun yangi kelganlarni sinchiklab tanlashni o'rgandilar. Ammo shunday kelishuvlar bo'ladiki, bu transferlar ko'pchilikni ajablantiradi.

Quyida mana shunday tasodifiy kelishuvlar haqida so'z yuritamiz. 

Artur: "Yuventus"dan "Liverpul"ga ijara (2022)

O'tgan mavsum boshida Massimiliano Allegri Artur "Yuventus"da asosiy figura bo'lishini aytgan edi. Biroq Allegri taxminlari o'zini oqlamadi. U jamoaga moslashib keta olmadi. Artur A Seriyada 957 daqiqa davomida birorta ham samarali harakatni amalga oshirgani yo'q. Turin klubi muxlislarining hafsalasini pir qildi.

Yozda uning kelajagi haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Ammo Artur to'satdan “Liverpul”ga o'tdi.


Yannik Ferreyra Karrasko: "Atletiko"dan “Dalyan Ifan”ga 30 million evro evaziga (2018)

2018 yilning fevral oyida Karrasko ajoyib formada bo'lib, kutilmaganda "Atletiko"ni tark etib, Xitoyga yo'l oldi. Uning bu yo'nalishi ko'pchilikni ajablantirdi. Nega aynan Xitoyga? U bu qarorni jahon chempionati oldidan yangi vazifani bajarish istagi bilan izohladi. Ammo keyinroq Diego Godin Karrasko juda katta maosh evaziga shu qarorga kelganini aytib o'tdi.

Ikki yil davomida Karrasko Xitoyda jamoadoshining burnini sindirib, klub rahbariyati va muxlislar bilan janjallashib, keyin “Atletiko”ga qaytdi. 


Eshli Koul: "CHelsi"dan "Roma"ga bepul transfer (2014)

Koulning 2018 yildagi intervyusi:

“Menga Premer-liga klubidan ajoyib taklif bor edi. Ammo Italiyada menga juda yaxshi taklif keldi. Bu ongli qaror edi, chunki men allaqachon futboldan charchagan edim. Garchi mening atrofidagilarimning ko'pchiligi hayron bo'lishdi.

Eshli Koul "Roma"da bir yarim yil davomida to'p tepdi. Afsuski, uning ishlari Rimda yaxshi kechgani yo'q. Murabbiylar futbolchini o'z rejalariga kiritmadi. Natijada Koul klub bilan shartnomasini bekor qildi.


Kevin-Prins Boateng "Sassuolo"dan "Barselona"ga ijaraga olingan (2018)

Boateng "Sassuolo"da yulduz emas edi. Diqqat qiling, u A Seriyaning o'rtamiyona klubida lider darajasidagi ijrochi emas.  Lekin birdaniga "Barsa"ga ijaraga berildi. Birinchi intervyuda u shunday dedi: “Men uzoq muddatga shu erdaman. Klubga sodiqligimni isbotlash uchun hamma narsani qilaman – rahbariyatning ijara muddati tugagach, meni sotib olishini istayman.

Olti oy o'tgach, Boatengning ijara muddati yakunlandi. “Barselona” esa bu transfer xato ekanini anglab etgan edi. 


Viktor Valdes: "Manchester Yunayted"ga bepul transfer (2015)

2015 yilning yanvarida Valdes yarim yil o'ynamadi. “Barselona” bilan shartnomasi muddati tugagandi. Ammo, boshqa klub bilan shartnoma imzolashning iloji bo'lmagandi. Natijada Valdes kutilmaganda “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzoladi.

"Manchester Yunayted" safida qahramonimiz atigi 3ta o'yinda ishtirok etdi. Lekin bir mavsum davomida “qizil iblislar” safida harakat qildi. Bu vaqt davomida van Gaal bilan kelisha olmay qoldi, jamoaning yoshlarida o'ynab ko'rdi. 


Julio Sezar: "Inter"dan KPRga erkin agent sifatida (2012)

2011/12 yilgi mavsum yakuniga ko'ra,  Sezar "Inter" va Braziliya terma jamoasining asosiy darvozaboni edi. Ammo klub A Seriya jadvalida peshqadam bo'lib turgan vaqtida u kutilmaganda ketishga qaror qildi. 

«Men Evropaning yirik shahriga bormoqchiman. Bu mening orzuyim. Agar men metropolda joylashgan jamoada o'ynasam, ajoyib bo'ladi."

Natijada, u KPRni tanladi: London klubi APLda qolish uchun astoydil kurashdi - sobiq CHempionlar ligasi g'olibini tanlash muxlislarni juda sarosimaga soldi. Natijada, birinchi mavsumda Sezar jamoasi APL bilan xayrlashdi.


Paulino: "Guanchjou"dan "Barselona"ga 40 million evro (2017)

"Barselona" Paulino uchun “Guanchjou”ga 40 million evro to'ladi. Bu futbolchi nima uchun bunday narxda ham kerak bo'lganini hech kim tushunmadi. Ammo, oradan bir yil o'tib,  Evropa Ittifoqiga azo bo'lmagan futbolchilar uchun o'rinlar yo'qligi sababli uni qo'yib yubordi. 


Tomas Gravesen: "Everton"dan "Real"ga 3,4 million evro (2005)

“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Vanderley Lushemburgo:

"Real" o'sha paytda to'pni aniq tepishga qodir bo'lgan ozmi-ko'pmi yaxshi o'yinchini sotib olishga intildi. Bu tizimga ko'ra Gravesen "Real"ga o'tdi.

Darhaqiqat, Gravesen “Everton”da juda yaxshi o'ynadi. Ammo u "Real"ga mos kelmadi. Ispaniyada u bir mavsum davomida o'ynadi. Keyinchalik esa “Seltik”ga yo'l oldi. 


Daniele De Rossi: "Roma"dan "Boka Xuniors"da bepul transfer (2019)

"Roma" muxlislari Franchesko Totti va Daniele De Rossi qanchalik sevishmasin, ikkisining ham “bo'rilar” safidagi sarguzashtlari yakunlangandi. Totti oxir-oqibat o'z klubida futbol bilan xayrlashdi. De Rossi - okean ortiga yo'l oldi.

Uning "Boka"ga o'tishi tashqaridan g'alati tuyuldi. Garchi De Rossining o'zi jamoadagi muhit unga doim yoqishini aytgan bo'lsada. Afsuski, argentinaliklar safida futbolchi 7ta o'yinda ishtirok etdi va 1ta gol urdi. Natijada, futbolchi bilan xayrlashildi. 


Erik CHupo-Moting: Oxirgi vaqtdagi jamoalariga etibor bering...

Erik CHupo-Motingning taqdiri naqadar yorqinligini ko'rish mumkin. Uning "Stok"dagi 2017/18 yilgi mavsumi unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi. Keyinchalik uning boshiga baxt qushi kelib qo'ndi.

2018-2020 – “PSJ”;

2020 yildan buyon "Bavariya".

Darhaqiqat, CHupo-Motingda ajoyib agent bor!


Samandarbek tarjimasi 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика