So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

​Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari. "Buxoro" shifokori va "Paxtakor" murabbiyi jazolandi Yangiliklar

​Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari. "Buxoro" shifokori va "Paxtakor" murabbiyi jazolandi

Tartib-intizom Qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.

Superliga

“Qizilqum” – “Buxoro” uchrashuvining 90+5 daqiqasida hakam shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro” jamoasi shifokori S.Bomurodovga 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada qatiy choralar ko'rilishi qayd etildi.

“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining 90+5 daqiqasida hakam shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” jamoasi murabbiyi P.Xyuistraga 5 million so'm miqdorida jarima belgilandi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada qatiy choralar ko'rilishi qayd etildi.


Pro liga

“Istiqlol” – “Andijon” uchrashuvining 89 daqiqasida raqib shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Andijon” jamoasi futbolchisi I.Otaxonov 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 1 million so'm miqdorida jarima belgilandi.


Yoshlar ligasi

“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvining 75 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi SH.Azmiddinov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 500 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvining 81 daqiqasida bosh hakamning birinchi yordamchisi shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi A.Mo'ydinov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 500 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

“So'g'diyona” – AGMK uchrashuvining 55 daqiqasida o'yin qoidasini juda qo'pol tarzda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi A.Jumaboev 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.


Ayollar chempionati

“Buxoro-W” – “Qizilqum Guli” uchrashuvining 90+4 daqiqasida hakam shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro-W” futbolchisi G.Najimova 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

“SHo'rtan” – “So'g'diyona-W” uchrashuvining 89 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “SHo'rtan” klubi futbolchisi X.Gancheva 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 500 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

AGMK – “Andijanka” uchrashuvining 55 daqiqasida o'yin qoidasini qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK klubi futbolchisi O.Daulboeva 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 500 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvining 66 daqiqasida raqibasi shaniga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” futbolchisi O'.Qo'chqorova 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va unga 500 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика