So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Tarixda ilk bor... Yangiliklar

Tarixda ilk bor...

O'zbek klublari muxlislarni xursand qilishda davom etadi. "Paxtakor"ning ortidan "Nasaf" ham guruhdagi dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi.

Nasaf Qarshi

Marko Stanojevic - 71', Marko Stanojevic - 85'

AFC Champions League Grp. E . 2-tur

11/04/2022, 23:15

0
:
2
Tugadi

Al-Wehdat

45'
90'
69'  Akmal Mozgovoy
71'  Marko Stanojevic
71'  Bakhrom Abdurakhimov
71'  Ivan Soloveev (Sukhrob Nurulloev)
71'  Sharof Mukhiddinov (Bakhrom Abdurakhimov)
75'  Khusayin Norchaev (Semir Smajlagic)
85'  Marko Stanojevic
89'  Oybek Bozorov (Murodbek Rakhmatov)
74'  Ahmed Nawaf Sariweh (Anas Hamad)
80'  Munther Abu Amarah (Matias Castro)
80'  Ahmed Samir (Fadi Awad)

Quyida Iordaniya klubi bilan bahsda paydo bo'lgan va sizning etiboringizdan chetda qolgan bazi qiziqarli malumotlar haqida...

Nematov qaytdi

O'yinni asosiy tarkibda boshlagan Abduvohid Nematov "Nasaf" libosini 7 oylik tanaffusdan keyin ilk marta rasmiy uchrashuvda kiydi. U o'tgan yilning avgust oyida yo'liqqan og'ir jarohati tufayli uzoq muddat yashil maydonning tashqarisida qolib ketdi.

SHuningdek, "Al Vihdat" bilan o'yin Abduvohid uchun CHempionlar Ligasidagi debyutga aylandi. U 2021 yilda OFK kubogida 3 ta bellashuvda maydonga tushib, darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi. Demak, "ajdarlar" posboni xalqaro o'yinlarda hozircha gol o'tkazgani yo'q.

"Nasaf" darvozasi dahlsiz qoldi

OCHL guruh bosqichida 26-marta maydonga chiqqan "ajdarlar" 7-marta raqibni mag'lub qilishdi. Bundan tashqari, qarshiliklar tarixda 6-bor CHempionlar Ligasi o'yinida nolga o'ynashdi. Bunga qadar mazkur baxt Eldorbek Suyunovga 3, Sanjar Quvvatov hamda Murodjon Zuhurovga 1 martadan nasib qilgan edi.

Birinchisi...

"Nasaf" o'z tarixida ilk bor OCHL o'yinida 2 to'p farqi bilan zafar quchdi. Bugunga qadar qo'lga kiritilgan g'alabalarning barchasida 2:1 yoki 1:0 hisobi qayd etilgan edi.

SHuningdek, "ajdarlar" 6-bor CHempionlar Ligasidagi raqib darvozasini 90 daqiqada 2 marta ishg'ol qilishdi. "Nasaf" hozircha OCHLning bir o'yinida 3 ta gol ura olmagan.

Dubl...

Bugungi g'alaba Stanoevich tomonidan urilgan 2 gol evaziga qo'lga kiritildi. SHu tariqa Marko "Nasaf"ning OCHLda dublga erishgan 2-futbolchisiga aylandi. Tarixda buni faqat Artur Gevorkyan uddalagan. Turkmaniyatonlik futbolchi bundan 7 yil oldin "Traktorsozi" maydonida Eron klubi muxlislarini 2 marta ranjitgan edi. 

Yaxshi start

Eng yaxshi signal shuki, "Nasaf" o'z tarixida ilk bor musobaqaning dastlabki 2 turida 4 ochko ishladi. Umid qilamizki, "ajdarlar"ning OCHL guruh bosqichidagi 5-urinishi omadli chiqib, pley-off yo'llanmasi naqd qilinadi...

Mutolaa uchun: Odilga dam, CHeranga yordam... 





Muallif :
Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика