So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  6 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

“Taklif ustida uzoq o'ylanmadim, bu biz uchun yangi chaqiruv” – Maksim Shackixdan dastlabki fikrlar Yangiliklar

“Taklif ustida uzoq o'ylanmadim, bu biz uchun yangi chaqiruv” – Maksim Shackixdan dastlabki fikrlar

Xabaringiz bor, kecha “Andijon” Maksim Shackixni yangi bosh murabbiy sifatida rasman tanishtirdi.

Bugundan jamoa yangi murabbiy qo'li ostiga o'tdi.

Maksim Shackix “Andijon”ning taklifini qabul qilishi, qanday uslubni yoqtirishi, Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi uchun rejalari haqida klub matbuot xizmatiga dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi:


“Menga “Andijon” FK rahbariyatidan taklif kelib tushdi. “Andijon”ning infratuzilmasini bilganim uchun taklif ustida uzoq o'ylanib o'tirmadim. Ayniqsa,  ashaddiy muxlislar klubni qay darajada qo'llab-quvvatlashlaridan xabardor bo'lganim ham menga qo'shimcha dalda bo'ldi. Har uchrashuvda stadion muxlislar bilan to'lishini bilaman. Axir, futbol avvalo ishqibozlar uchun o'ynaladi. Shu jihatni men eng muhimi deb bilaman. 


Yuqorida aytib o'tganingizdek, ha, bu men va murabbiylar shtabimiz azolari uchun yangi chorlov. Endi o'zimizga bildirilgan ishonch va masuliyatli vazifani bajarish uchun astoydil ishlaymiz. Rahbariyat va muxlislarni maksimal natijalarga erishish orqali mamnun qilishga harakat  qilamiz. Ammo o'z tamoyillarimiz va o'yinga bo'lgan qarashlarimizni jamoaga singdirish uchun vaqt kerak bo'lishini ham aytib o'tmoqchiman. Shunda o'zimiz ko'rishni xohlagan manzara yuzaga keladi. Yakunda mehnatimizning mahsulini ko'ramiz, albatta. Biz faqat hujumkor futbol ko'rsatamiz.  


Hozircha OCHL 2 musobaqasi uchun rejalar haqida gapirishga erta. Chunki turnir sentyabr oyida boshlanadi. Hozircha esa asosiy etiborni chempionat doirasidagi uchrashuvlarga qaratamiz. Tabiiyki, CHLga ham aynan shu o'yinlar orqali etib boramiz. 


Ikkita bahsni stadionni o'zida tomosha qildim. Etarli mahoratga ega o'yinchilar mavjud. Albatta, yozda transfer oynasi ochiladi va tarkibni kuchaytirish yo'lida ham qadam tashlashimiz tayin. To'g'ri, dastlab mavjud imkoniyatlarni chamalaymiz, tarkibdagi o'yinchilar bilan yaqindan tanishib chiqamiz. 1-davrani ko'ngildagidek yakunlashga harakat qilish kerak bo'ladi. O'z-o'zidan nufuzli musobaqa uchun tarkibni shakllantirish masalasi yuzaga chiqadi. Nega deganda, liganing nufuzi va darajasi butunlay boshqacha. Shundan kelib chiqib yozgi transfer chog'ida qaysi chiziqlarni kuchaytirishimiz kerakligini hal etib olamiz”, - deydi Maksim Aleksandrovich, klub matbout xizmatiga.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика