So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  3 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  16 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Tailand, Maldiv orollari va SHri Lanka terma jamoalari haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

Tailand, Maldiv orollari va SHri Lanka terma jamoalari haqida nimalarni bilish kerak?

Biroz oldin 2023 yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qura tashlandi.

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'z raqiblarini bilib oldi. Unga ko'ra vakillarimiz qita chempionatiga chiqish uchun Tailand, Maldiv orollari va SHri Lanka terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.

Xo'sh, bu terma jamoalar haqida nimalarni bilish zarur?

Tailand terma jamoasini ayni paytda braziliyalik murabbiy Aleksandr Polking boshqarmoqda. Jamoa ayni paytda FIFA reytingida 112-o'rinda bormoqda. Osiyo Kubogida jami 7 marta ishtirok etgan. 1972 yilgi musobaqa Tailandda o'tgan va mezbonlar oltita davlat qatnashgan musobaqada uchinchi o'rinni egallashgan. 2019 yil BAAda o'tgan so'nggi Osiyo Kubogida tailandliklar guruhdan chiqib nimchorak finalda Xitoyga yutqazib qo'yishgandi.

Hozirgi Tailand terma jamoasining yulduzi va sardori 1993 yilda tug'ilgan CHanatip Songkrasin hisoblanadi. Yaponiyaning "Kavasaki Fronteyl" klubi yarim himoyachisi terma jamoa safida 57ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan. Yana bir futbolchini alohida takidlash lozim. 33 yoshli hujumchi Teerasil Dangda 2007 yildan buyon mamlakat terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U Tailand safida 111ta o'yin o'tkazgan (terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha ikkinchi o'rinda) va 49ta gol urgan (terma jamoada gol urish bo'yicha uchinchi o'rinda). Terma jamoa azosi Tanavat Suengchittavon bugungi kunda "Lester"da faoliyat olib bormoqda. Biroq hozircha asosiy tarkibda maydonga tushgani yo'q.

Tailand ASEAN (Janubiy sharqiy Osiyo) mintaqasining olti karra va amaldagi chempioni hisoblanadi.

JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichida Tailand terma jamoasi "G" guruhida 9 ochko bilan beshta jamoa orasida 4-o'rinni egallagandi (BAA 18, Vetnam 17, Malayziya 12, Tailand 9, Indoneziya 0).

Tailand terma jamoasi O'zbekistonga qarshi 8 marta o'yin o'tkazgan. Ikkala tomon 4tadan bahsda g'olib bo'lgan. Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 2017 yilda Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi doirasida kechgan va O'zbekiston 2:0 hisobida zafar quchgan. Temurxo'ja Abduxoliqov va Sardor Rashidov mehmonlar darvozasiga gol urishgandi.




Maldiv orollari terma jamoasini bugungi kunda italiyalik sobiq futbolchi Franchesko Moreyro boshqarmoqda. Ayni paytda jamoa FIFA reytingida 157-o'rinda joylashgan. Osiyo Kubogi final bosqichida hech qachon ishtirok etmagan. SAFF (Janubiy Osiyo) mintaqasi chempionatida ikki marta 2008 va 2018 yillarda g'olib bo'lgan.

Bugungi Maldiv orollari terma jamoasining etakchisi va yulduzi hujumchi Ali Ashfaq hisoblanadi. 1985 yilda tug'ilgan futbolchi terma jamoa tarkibida 82ta o'yinda maydonga tushgan (bu borada ikkinchi o'rin) va 57ta gol urgan (bu borada birinchi o'rin). Terma jamoadagi barcha futbolchilar mahalliy ligalarda to'p tepadi.

JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichida Maldiv orollari terma jamoasi "A" guruhida 7 ochko bilan beshta jamoa orasida 4-o'rinni egallagandi (Suriya 21, Xitoy 19, Filippin 11, Maldiv orollari 7, Guam 0).



SHri Lanka terma jamoasini bugungi kunda bosniyalik sobiq futbolchi Amir Alagich boshqarmoqda. Ayni paytda jamoa FIFA reytingida 204-o'rinda bormoqda. Osiyo Kubogi final bosqichida hech qachon ishtirok etmagan. 1995 yilda SAFF (Janubiy Osiyo) mintaqasi chempioni bo'lgan.

Bugungi SHri Lanka terma jamoasining etakchisi va yulduzi yarim himoyachi Ahmed Vasim Raziq hisoblanadi. 1994 yilda tug'ilgan futbolchi terma jamoa tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushgan va 9ta gol urgan (terma jamoada gol urish bo'yicha to'rtinchi o'rin). Biroq ayni paytda u hech qaysi klubda o'ynamayapti. Terma jamoada Dillon De Silva KPR (Angliya) va Marvin Xamilton "Sittingburn" (Angliya) kabi legionerlari bor.

JCH-2022 saralashi ikkinchi bosqichida SHri Lanka terma jamoasi "H" guruhida 0 ochko bilan to'rtta jamoa orasida 4-o'rinni band etgandi (Janubiy Koreya 16, Livan 10, Turkmaniston 9, SHri Lanka 0).

SHri Lanka O'zbekiston terma jamoasi bilan tarixda bir marta o'yin o'tkazgan. Osiyo Kubogi-2000 saralashi doirasida BAAda o'tgan bahsda O'zbekiston 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Jafar Irismetov va Nikolay SHirshov 2tadan gol urishgan, Fevzi Davletov va Ravshan Bozorov bittadan to'p kiritishgan.




Narzulla tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика