So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

"Surxon" – Bubanya voqeasi davom etadi. Klubga yana transfer taqiqi qo'yiladimi? Yangiliklar

"Surxon" – Bubanya voqeasi davom etadi. Klubga yana transfer taqiqi qo'yiladimi?

Xabaringiz bor, "Surxon" futbol klubi va uning sobiq futbolchisi Vladimir Bubanya bir necha bor moliyaviy majburiyatlar bajarilmagani sababli o'zaro kelishmovchilikka borishgan.

Futbolchi har safar FIFAga bu borada arz qilgan va FIFA xatto "Surxon"ning transferini ham yopgan. Lekin shunday bo'lsa-da, klub uzoq kelishmovchiliklardan keyin ham yana ushbu serbiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolagani yodimizda. 

Afsuski, "Surxon" va Vladimir Bubanya mojarosi yana davom etmoqda. Qiziq jihati – bu endi umuman yangi hikoya, lekin voqealar syujeti o'sha-o'sha. "Surxon" klubi o'tgan yilgi maosh va mukofot pullari bo'yicha serb futbolchisi bilan to'liq hisob kitob qilmagan. Qolaversa, Bubanya o'rtadagi shartnoma bekor qilingani yuzasidan tovon puli ham talab qilmoqda. 

Aprel oyida FIFA ushbu nizoli ish yuzasidan yangi qaror chiqarib ulgurdi. Unga ko'ra, "Surxon" 45 kun ichida Vladimir Bubanya oldidagi qarzdorlikni yopishi lozim. Agar iyungacha “Surxon” ushbu muammoni bartaraf etmasa, klub yozda umuman yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. 

Kuzatamiz, “Surxon” – Bubanya voqeasi bu gal qanday yakun topar ekan!.. Sizga ham qiziq-mi, aziz do'stim?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика