So’nggi yangiliklar

20:15Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  1 19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  25 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  4 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

Superliga. OKMK VAR tomonidan 13 daqiqa tekshirilgan hamda yaponiyalik futbolchi tomonidan urilgan gollar evaziga 11 yildan so'ng safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. OKMK VAR tomonidan 13 daqiqa tekshirilgan hamda yaponiyalik futbolchi tomonidan urilgan gollar evaziga 11 yildan so'ng safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi

Superliga 25-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv yakunlandi.

Paxtakor

Superliga. 25-tur

21/11/2024, 18:00

2
:
0
Tugadi

OKMK

Nodir Abdurazzoqov - 32', Arixiro Sentoku - 85'

45'
90'
63'  Ulug'bek Hoshimov (Muhammadali O'rinboyev)
63'  Kimi Merk (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
70'  Abdurauf Bo'riev
76'  Otabek Jo'raqo'ziev (Umar Adhamzoda)
76'  Doniyor Abdumannopov (Muhammadali Usmonov)
32'  Nodir Abdurazzoqov
32'  Xurshid G’iyosov
55'  Mirjamol Qosimov
60'  Mirjamol Qosimov (Abror Sarimsoqov)
65'  Abror Sarimsoqov
72'  Kleydi Datsi (Aziz Xolmurodov)
72'  Xurshid G’iyosov (Ruben Sanchez)
73'  Arixiro Sentoku
85'  Arixiro Sentoku
85'  Aziz Xolmurodov
85'  Aziz Xolmurodov
89'  Arixiro Sentoku (Giorgi Papava)
89'  Nodir Abdurazzoqov (Shohruh Gadoyev)

Superliga

25-tur

"Paxtakor" – OKMK 0:2

Toshkent. "Jar" stadioni. 18:00

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Aleksandr Sidorov

To'rtinchi hakam:Alisher To'xtasinov

VAR: Davron Akmalov

AVAR: Ruslan Serazitdinov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: SHahzod Xolboev

Gol: 0:1 — 32, Nodirbek Abdurazzoqov (Xurshid G'iyosov), 0:2 — 85, Arixiro Sentoku (Aziz Xolmurodov).

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 8.Diyor Xolmatov, 23.Abdurauf Bo'riev, 30.Otabek Jo'raqo'ziev (22.Umar Adhamzoda, 76), 33.Doniyor Abdumannopov (31.Muhammadali Usmonov, 76), 40.Kimi Merk (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 63), 44.Mahmudjon Mahammadjonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 99.Ulug'bek Hoshimov (6.Muhammadali O'rinboev, 63).

Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 15.Diyorbek Ortiqboev, 18.Saidumarxon Saidnurullaev, 20.Dilshod Abdullaev.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (30.Abror Sarimsoqov, 60), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 10.Xurshid G'iyosov (9.Ruben Sanches, 72), 11.Kleydi Daci (18.Aziz Xolmurodov, 72), 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 28.Arixiro Sentoku (5.Giorgi Papava, 89), 77.Nodirbek Abdurazzoqov (22.SHohruh Gadoev, 89).

Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 13.Eldorbek Begimov, 19.Mixael Klepach, 27.Ali Abdurahmonov.

Ogohlantirish: Mirjamol Qosimov (55), Abror Sarimsoqov (65), Abdurauf Bo'riev (70), Arixiro Sentoku (73).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. OKMKda ikki o'zgarish sodir etildi.

85. GOL! Xolmurodov chap qanotdan yorib kirib, markazga uzatma amalga oshirdi, u erga etib kelgan Sentoku deyarli 11 metrli nuqtadan "Paxtakor" darvozasini aniq nishonga oldi!

81. "Paxtakor" futbolchilarining burchak uzatmasini Ilyosov urib yubordi.

77. Xavfli vaziyat! Sanchesning jarimadan yo'llagan zarbasi rekoshet orqali Nazarov qo'riqlayotgan darvozaning yonginasidan o'tib ketdi. Zarba aniq borganda, "Paxtakor" darvozaboni ulgurmasdi.

76. "Paxtakor" yana ikki o'zgarishaga qo'l urdi. 

73. Sentoku Azmiddinovni ochiqchasiga to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

72. OKMKda ikki o'zgarish: Xolmurodov va Sanches o'yinga qo'shildi, Daci va G'iyosov zaxiraga olindi.

70. Bo'riev to'p uchun kurashda Sarimsoqovni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

65. Yaqinda maydonga tushgan Sarimsoqov raqibning yaqqol hujumini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

63. "Paxtakor" tarkibida birato'la ikki o'zgarish amalga oshirildi. O'rinboev va Xoldorxonov maydonga tushdi, Hoshimov va Merk zaxiraga olindi.

61. Xavfli vaziyat! OKMK burchak uzatmasi Dacining zarbasi bilan yakunlandi, ammo Nazarov jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

60. OKMK tarkibida ilk o'zgarish: Abror Sarimsoqov Mirjamol Qosimovni almashtirdi. 

58. Xavfli vaziyat! Ahmadaliev raqib jarima maydoniga yaqin masofada bir necha "Paxtakor" futbolchisini ortda qoldirgan holda chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq u tepgan to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

55. Qosimov Mahammadjonovga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etgani uchun ogohlantirildi. Bu uchrashuvdagi ilk kartochka hisoblanadi.

53. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" futbolchilari tomonidan yo'llangan ketma-ket ikki zarba raqib darvozasiga qadar etib bormadi. Aniqrog'i, OKMK himoyachilari jonbozlik ko'rsatdi. 

52. Axrorov OKMK darvozaboni bilan yakkama-yakka chiqishga uringan Hoshimovni qoida buzmagan holda to'xtatib qoldi.

50. Abdurazzoqov hujumda fol ishlatdi.

48. Xavfli vaziyat! OKMK jarima maydonida Jo'raqo'ziev raqib darvozaboni va himoyachisi bilan to'qnashib ketdi, hakam o'yinni davom ettirish lozimligini bildirdi.

47. Hoshimov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishga urinib, raqib jarima maydonida yiqildi, biroq hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilayotgan "Paxtakor" muxlisi.

60 daqiqa davom etgan birinchi bo'lim yakunlandi.

45+14. "Paxtakor"ning navbatdagi hujumi Jo'raqo'zievning kuchli bo'lmagan zarbasi bilan yakunlandi.

45+11. Abdurazzoqovga nisbatan qoidabuzarlik ishlatildi. OKMKda standart vaziyat yuzaga keldi.

45+10. Zarba! Rustamovning olis masofadan yo'llagan zarbasini Nazarov egallab oldi.

45+7. "Paxtakor"ning hujumi oxirigacha etmay qoldi, Ilyosov chaqqonlik bilan harakat qilib, to'pni egallab oldi.

45. Birinchi bo'limga 14 daqiqa qo'shib berildi.

VAR OKMK raqib darvozasini ishg'ol qilgan vaziyatni ko'rib chiqishga 13 daqiqa sarfladi va golni inobatga oldi.

VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda.

32. GOL! Abdurazzoqov hisobni ochdi! OKMK hujumchisi Qosimov jarima uzatmasidan so'ng G'iyosovning bosh bilan pasini "Paxtakor" darvozasiga joylab qo'ydi!


28. Nazarov to'pni tepib yuborishda xatoga yo'l qo'ydi, uning xatosini himoyachi tuzatdi.

27. To'xtaxo'jaev raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi.

24. Abdumannopov jarohat olgan ko'rinadi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

21. OKMKning burchak uzatmasi raqib jarima maydoniga qalar etib bormadi.

17. Jo'raqo'zievning raqib jarima maydoniga uzatgan to'pini Ilyosov egallab oldi.

15. "Paxtakor" futbolchisining zarbasining raqib jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi OKMK himoyachisining qo'liga tekkandek ko'rindi, biroq hakam o'yinni davom ettirish lozimligini takidladi.

10. Merk o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

8. Burchak uzatmasidan so'ng Azmiddinovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

6. Rustamov Abdumannopovni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Standartdan so'ng Abdumajidovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

5. "Paxtakor" fubolchilari tezlik evaziga raqib jarima maydoniga kirishga urinmoqda, ammo OKMK himoyachilari ishonchli harakat qilmoqda.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, OKMK kulrang liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика