So’nggi yangiliklar

01:42"Ювентус" бошқа мураббий топиб қўйди  1 01:16АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 00:48Никола Лазаревич: "Ким бундай майдонда футбол ўйнашга рухсат беряпти? Кимга шикоят қилишим керак? Майдонга тушиб, ҳолат қандай эканлигини кўриб олинг"  3 00:30Испания термасининг Нидерландияга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5 00:05Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида "Қўқон-1912" дарвозасига йўл топа олмади  0 23:50Ушбу мавсум ЕЧЛда кўп маблағни қайси клуб ишлаб топди?  0 23:45Суперлига. "Бухоро" "Қизилқум"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, Рўзиев чамаси 40 метрдан гол урди  0 23:25Саудия Арабистони. "Ал Насср" - "Ал Ҳолод" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:18Улуғбек Бакаев: "Кейинги ўйинларда очиқроқ ва агрессивроқ бўлишга ҳаракат қиламиз"  7 22:59Эрон. Ўрунов ҳамда Юсупов жамоаларидан ишончли ғалаба  0 22:32Виталий Левченко: "Афсус, бундай ўйинларда гол бўлиши керак"  21 22:11Баҳром Ҳайдаров: "Дурангга ҳақли эдик"  11 21:50"Бавария" марказий ҳимоячиси сафдан чиқди  0 21:25Суперлига. Чемпионликни мақсад қилган "Нефтчи" "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  89 21:24Суперлига. "Бухоро" ёш футболчиларнинг голлари эвазига "Қизилқум"ни мағлуб этди  31

Superliga. Chempionlikni maqsad qilgan "Neftchi" "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. Chempionlikni maqsad qilgan "Neftchi" "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Neftchi" - "Qo'qon-1912" 0:0

14.03.2025. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Avaz Abdullaev

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

Nazoratchi: Jahongir Saidov

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Komissar: Diyor Xotamqulov.

"Neftchi": 25.Eldor Suyunov, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (17.Muhammadali G'iyosov, 57), 7.Abror Ismoilov (14.Jamshid Boltaboev, 66), 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoev (77.Bilolxon Toshmirzaev, 66), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 57), 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 11.Quvondiq Ro'ziev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 24.G'ulomhaydar Gulyamov.

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isoqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 8.Baxtiyor Qosimov, 14.Jasur Xolto'raev (23.Bekjon Jo'raboev, 84), 18.Bahrom Abdurahimov (10.Husniddin G'ofurov, 53), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov (20.Iqboljon Malikjonov, 84), 44.Andro Giorgadze, 69.Egor Kondratyuk (11.Shahzod Beshimov, 64).

Zaxira: 1.Rustam Nartadjiev, 9.Javohir Husanov, 15.Zafar Hakimov, 17.Alisher Xayrullaev, 30.Ibrohimjon Muxtorov.

Ogohlantirishlar: Jasur Yoqubov 10, Bilolxon Toshmirzaev 89.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. O'yin tugadi. "Neftchi" - "Qo'qon-1912" 0:0

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shildi

89. Ogohlantirish. "Neftchi". Bilolxon Toshmirzaev

89. Qo'qonliklardan qarshi hujum, Husniddin G'ofurov Toshmirzaev tomonidan yiqitildi

88. UXXX! "Neftchi" burchak to'piga ega bo'ldi, Tabatadzening bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Isaqov to'pni qaytardi! 

84. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Hasanov va Xolto'raev o'rniga Jo'raboev va Malikjonov tushdi

83. ZARBAAA! Tabatadzening to'p uzatishidan keyin G'iyosov o'ta noaniq zarba berdi!

82. UXXXX! Boltaboevning to'p uzatishidan keyin Toma Tabatadze yaqin masofadan zarba berdi, Isaqov to'pni ushlab oldi!

75. Bugun "Neftchi" asosiy tarkibida maydonga tushgan 10 nafar futbolchi klubga qishda kelgan. O'tgan yilgi tarkibdan faqat Anvar G'ofurov asosiy tarkibda tushdi xolos.

68. Qo'qonliklarda jarima to'pi, G'ofurovning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin Suyunov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Yoqubov darvozaga yo'lladi, juda noaniq 

66. O'zgarishlar. "Neftchi". Ismoilov va Gadoev o'rniga Boltaboev va Toshmirzaev tushdi

64. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Kondratyuk o'rniga Beshimov tushdi

63. UXXXX! "Qo'qon-1912"ning qarshi hujumi, Xolto'raev bilan to'p uchun kurashda Anvar G'ofurov xatoga yo'l qo'ydi, Suyunov ham jarima maydoni tashlab chiqib kelgandi, Xolto'raev bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga ololmadi! 

63. ZARBAAA! G'iyosovning to'p uzatishidan keyin Yovovich boshi bilan zarba berdi, qaytgan to'pni yana o'zi darvozaga yo'lladi, ikkala safar ham to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi

59. Maydonda kichik janjalcha: Akramov va Ismoilov "san-manga" borishdi

57. O'zgarishlar. "Neftchi". Marushich va Yo'ldoshev o'rniga Tabatadze va G'iyosov tushdi

53. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Abdurahimov o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi

52. Xavfli vaziyat! Iskanderovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi!

51. Zarba. Bahrom Abdurahimovning zarbasi ancha noaniq

46. ZARBAAAAA! Muhammadanas Hasanovning 35 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin Suyunov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi




45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi

44. "Neftchi"ning hujumi, Vladimir Yovovich jarima maydoniga kirib bordi, Toshtemirov to'pni qaytarib yubordi!

40. UXXXX! Qanday vaziyat! Muhammadanas Hasanov burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, to'p hammadan o'tib darvoza ustuniga tegib qaytdi!

32. Baxtiyor Qosimov maydon markazida Ibrohimhalil Yo'ldoshevni yiqitdi. Shifokorlar Yo'ldoshevga yordam berishdi, o'yinda biroz tanaffus bo'ldi

30. Xavfli vaziyat! Bahrom Abdurahimovning to'p uzatishini Anvar G'ofurov qaytarib yubordi

29. Zarba! Iskanderovdan to'p uzatishidan keyin Yovovich jarima maydoni yaqinidan zarba berdi, noaniq!

27. Zarba! Zoran Marushich jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq!

20. UXX! Xavfli vaziyat, chap qanotdan Muhammadanas Hasanovning to'p uzatishidan keyin Baxtiyor Qosimov darvozaga zarba berishga urindi, noaniq!

15. ZARBAAA! Yovovichning to'p uzatishidan keyin Gadoev chap oyoqda kuchli zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi!

10. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Jasur Yoqubov

7.ZARBAA! Mezbonlarning hujumi, Gadoevning autdan otgan to'pi Yovovichga bordi, uning zarbasi xavfli chiqdi!

5. "Neftchi" ketma ket ikki marta burchak to'piga ega bo'ldi, samarasiz

2. Bahsni qo'qonliklar hujum bilan boshlashdi, ammo Suyunov o'z jarima maydonini tark etib to'pni qaytardi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

+10   
14 mar 21:34:31
From Earth
Келаси турда Насаф Нефтчини парчалаб ташлайди. Левченко истеъфо!!! Эссиз миллиардлар, эссиз Туркияда ўтган 49 кунлик еғин...
+9   
14 mar 20:49:30
From Earth
Нефтчини аҳволини қаранглар, кеча Левченкони ёнини олиб карриллаётганлар қанисанлар? Миллиардларсизам шунақа тиррақи жамоани бемалол тайёрласа бўладику тўғрими?
+8   
14 mar 21:26:04
barselona7
Нефтчи нима учун катта пулларни сарфлади? Умуман ўйин йўқку. Бу "бирровчи" составни битта жамоа қилгунча чемпионат тугайди шу билан бирга Нефтчини пули ҳам. Кейинги мавсумда бу "бирровчи" состав янги мавсумни бошқа жамоа сафида бошлайди.
+8   
14 mar 20:10:00
juve&neftchi
Лепченка яхши тайёрлолмапти командмни. Ўйин нолллл... Бу йил 20 та дуранг ўйнаса бу ахволда.
+7   
14 mar 21:50:39
Рахматилло Исманов
Демак Андижон сафарда Кокон майдонида дуранг уйнагани бежиз эмас экан. Бундан чикти Андижон Нефтчига нисбатан яхширок натижа курсатибти!
+7   
14 mar 21:24:00
Ўзбек футболининг муҳлиси
Навбаҳор номи улуғ, супраси қуруқ футболчилардан вақтида қутилган эканда
+7   
14 mar 21:15:30
Баходиржон 1912
Нефтчида тренир штаби билан .ирисметов.Беғамов хаммасини хайдаш керак.булар ҳаммаси пулхўрлар
+7   
14 mar 21:13:14
Muzaffar
Нефтчини Навбахордан утган уйинчилари хаммаси дангаса уйинчилар соккани олса булди
+7   
14 mar 20:11:32
Ermak Uchun
Qo'qon tarkibiga nisbatan o'ta mazmunli o'ynayapti. Shonli neftchini qaytishiga anchagina qovun pishig'i birga o'xshayapti.
+7   
14 mar 19:51:10
Xan
нефчида номлар бору аммо жамоавий уйин нолъ, хамма уз билганича уйнаябди,хар 2 жамоа водийча услибдаги футбол уйнашябди,тапур тупир қилиб мингга қуйиб чопиш бору аниқлик йуқ,камбиниацинон хужимлар туғрисида гапирмасак хам булади,бу уйиндан бирон бир тактика борлигиниям уқиб олиш қийин
+6   
14 mar 21:54:28
Ikromjon
Hulas quqon ochko yuqotdi bugun
+6   
14 mar 21:29:22
Bek
Дуранглар кироли уз репертуарида)))))))
+6   
14 mar 20:49:06
bekaka
Кокон яхши куринмокда
звездаларга карши
+6   
14 mar 20:14:14
Qwerty 007
Neftchi futbolchilari yugurgisi kelmaydi, raqibdan yaqinroq turgan toʻplarga ham yetolmayapti
+6   
14 mar 18:08:38
Ermak Uchun
Darvozada Eldor Suyunov. Qoʻqonda yaxshi hujumchilar bo'lsa uch to'tta gol ursa bo'ladi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика