So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Superliga. "Neftchi" "Istiqlol" stadionida "Andijon" bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" "Istiqlol" stadionida "Andijon" bilan murosa ko'chasini tanladi

Coca Cola Superligasi 18-turi doirasidagi bahs yakuniga etdi.

Neftchi

Superliga. 18-tur

31/08/2023, 19:00

0
:
0
Tugadi

Andijon

45'
90'
59'  Lutfulla To’rayev (G’ulomhaydar G’ulomov)
59'  Mirzohid G’ofurov (Abbos G'ulomov)
65'  Giorgi Nikabadze
69'  Giorgi Nikabadze (Ulug'bek Hoshimov)
80'  Bachana Arabuli (Izzat Abdullaev)
80'  Umar Adhamzoda (Tomislav Mrchela)
61'  Ilhom Abdug’aniev (Sardor Azimov)
61'  Ilhom Alizhonov (Vladimir Bubanya)
65'  Sardor Azimov
80'  Armin Boshnyak (Abdurahmon Komilov)
80'  Muhammadkarim Toirov (Farhod Bekmurodov)
90'  Abduvohid G'ulomov (Shahboz Erkinov)

Coca Cola Superligasi

18-tur

"Neftchi" – "Andijon" 0:0 

31 avgust. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurillaev

Qanot hakamlari: Sardor Nishonboev, Jasur Rustamov

Zaxira hakami: Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Igor Nechoxin 

Komissar: SHerzod Rajabov

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo'raboev, 7.Umar Adhamzoda (5.Tomislav Mrchela, 80), 8.SHarof Muhitdinov, 13.Lutfulla To'raev (s) (24.G'ulom Haydar Gulyamov, 59), 19.Mirzohid G'ofurov (70.Abbosjon G'ulomov, 59), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Giorgi Nikabadze (9.Ulug'bek Hoshimov, 69), 23.Diyorjon Turopov, 40.Bachana Arabuli (11.Izzatilla Abdullaev, 80).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 26.Oleysey Larin, 28.Fozil Musaev, 77.Biloljon Toshmirzaev, 

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abduvohid G'ulomov, 9.Levan Arveladze, 10.Ilhomjon Abdug'aniev (13.Sardorbek Azimov, 61), 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin (s), 26.Muhammadkarim Toirov (8.Farxodbek Bekmuratov, 80), 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijonov (15.Vladimir Bubanya, 61), 94.Armin Boshnyak (14.Abdurahmon Komilov, 80), 99.Rubin Xebay.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 7.Boburbek Farhodov, 11.Sardor Abdunabiev, 19.Suhrob Berdiev, 22.SHahboz Erkinov.

Ogohlantirishlar: Giorgi Nikabadze (65), Sardorbek Azimov (65).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. "Andijon"da o'zgarish: G'ulomov o'rniga Erkinov maydonga tushdi.

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shildi. 

87. "Andijon" himoyani mustahkam ushlab turibdi. So'nggi vaziyatda Abduvohid G'ulomov to'pni uzoqlashtirdi. 

80. "Neftchi"da 2 ta almashtirish: Arabuli o'rniga Abdullaev, Adhamzoda o'rniga Mrchela o'yinga qo'shildi. 

80. "Andijon"da 2 ta almashtirish: Toirov o'rniga Bekmuratov, Boshnyak o'rniga Komilov tushdi. 

80. Arabuli yaqin masofadan gol urdi, biroq u ofsaydda turgani bois yon hakam bayroqchasini ko'tardi. 

75. Zarba! Levan Arveladze kuchli zarba yo'lladi, biroq bu paytda hakam hushtagi chalindi, chunki darvozabon tibbiy yordamga muhtoj. 

74. Diyorjon Turopov chap qanotdan oldinga borayotgan Sardorbek Azimovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

72. "Neftchi" azosi hujum chog'ida himoyachiga nisbatan qoidani buzdi.  

69. "Neftchi" safida almashtirish: Nikabadze o'rniga Hoshimov bahsni davom ettiradi. 

65. Ikki jamoa futbolchilari aytishib qolishdi. Nikabadze va Azimovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

62. "Andijon"da 2 ta o'zgarish: Abdug'aniev o'rniga Azimov, Alijonov o'rniga Bubanya tushirildi. 

59. "Neftchi"da 2 ta o'zgarish: Lutfulla To'raev o'rniga G'ulom Haydar Gulyamov, Mirzohid G'ofurov o'rniga Abbosjon G'ulomov o'yinga qo'shildi.  

58. Uuuux! Bu gal Giorgi Nikabadze bosh bilan darvozani poyladi, ammo noaniq. 

55. Zarba! Anvarjon G'ofurovning bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi. 

54. Igor Litovka "Neftchi" futbolchilarining uzatmalarini urib yuborish bilan band. Posbon undan keyingi vaziyatda bosh bilan berilgan zarbani ham qaytardi. 

51. "Andijon" himoyachisi Ilhomjon Alijonov Diyorjon Turopovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va qanot hakamiga etiroz bildirdi. 

47. Rubin Xebayning bosh bilan bergan zarbasi Vladimir Nazarovga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Abduvohid G'ulomov Mirzohid G'ofuvroga nisbatan qoidani buzdi, hakam aybdorni og'zaki ogohlantirdi. 

42. Maydonda to'qnashuvda ishtirok etgan ikki jamoa azolariga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

38. Zarba! Mirzohid G'ofurov qulay vaziyatga chiqib borib, to'pni to'xtatmasdan zarba berdi, ammo to'p darvozaga aniq bormadi. 

38. Bugun "Istiqlol" stadionining 90% qismi muxlislar bilan to'lgan. O'yingohda haqiqiy "Vodiy derbisi" muhiti hukm surmoqda. 

36. Muhitdinovning burchakdan oshirib bergan to'pidan so'ng Nikabadze bosh bilan ancha noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

35. Umar Adhamzoda oldinga shoshib, yana to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborgandi, ammo bu gal to'p yo'l-yo'lakay "Andijon" himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

31. Umar Adhamzoda ikki raqib qurshovidan chiqib ketish istagida harakatga kirishdi, biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Endi darvozabon to'pni o'yinga kiritadi.

28. Zarbaaa! Rubin Xebayning olis masofadan yo'llagan zarbasidan keyin Vladimir Nazarov to'pni ikki urinishda egallab oldi.   

24. Igor Litovka havodagi kurash chog'ida "Neftchi" azolari bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

21. Zarbaaa! Bachana Arabulining bosh bilan bergan zarbasini Litovka qaytarishga erishdi! 

19. Uuuux! Qanday zarba! Muhammadkarim Toirovning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

15. Xebayning o'ng qanotdan uzatgan pasidan so'ng Vladimir Nazarov to'pga ega chiqdi. 

14. Mezbon muxlislar o'ziga xos musiqa sadolari ostida o'z sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlab turishibdi. 

12. "Neftchi" vakili hujum vaqtida qo'pollik ishlatdi. 

8. Zarbaaa! Turopovning zarbasini darvozabon bartaraf qildi.

5. "Neftchi" to'pga egalik qilgan holda hujum boshlamoqda. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика