So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  3 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  16 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Superliga. Jangovar ruhda o'tgan "Nasaf" - "Paxtakor" o'yinida kuchlar teng keldi Yangiliklar

Superliga. Jangovar ruhda o'tgan "Nasaf" - "Paxtakor" o'yinida kuchlar teng keldi

Teglar :  Nasaf Paxtakor
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.


NASAF – PAXTAKOR 0:0
7 may 2022 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar
: Akobirxo'ja SHukurullaev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistenti: Timur Gaynulin
Komissar: Baxtiyor SHirinov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 7.SHarof Muhitdinov (18.Bahrom Abdurahmonov, 73), 8.Dilshod Saitov, 10.Husayin Norchaev (99.Semir Smaylagich, 73), 22.Akmal Mozgovoy, 30.Aziz Xolmurodov (23.Sardor Sadullaev, 39), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (9.Ivan Solovyov, 89), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 17.Suhrob Nurulloev.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Oleksey Larin, 6.Ikrom Aliboev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev (36.Abbos Ergashboev, 79), 18.Hojimat Erkinov, 21.Kamen Xadjiev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (42.Abbos Fayzullaev, 79), 34.Farruh Sayfiev, 77.Mirjahon Mirahmadov (14.Oliver SHarkich, 62).

Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 11.Sardor Rashidov, 28.Diyor Xolmatov, 32.Behruz Asqarov, 88.SHahzod Azmiddinov.

Ogohlantirishlar: Saitov (48) - Xadjiev (17)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Nasaf"da o'zgarish: Marko Stanoevich maydonni tark etdi, Ivan Solovyov bahsga qo'shildi.

87. Bozorovning olis masofadan yo'llagan zarbasiga darvoza kaltalik qildi.

Bir maydon tomoshabin qo'l siltab o'yinni tark etarmikan deyman

83. Larin ortida darvozabondan boshqa sherigi yo'qligiga qaramay, raqibini aldadi. Yuragi SHrekning kallasiday ekan.

79. "Paxtakor"ning ikki Abbosi o'yinning gaz spedometrini bosgani maydonga tushmoqda: Abbos Fayzullaev Sardor Sobirxo'jaev o'rniga, Abbos Ergashboev esa Aziz Turg'unboevni almashtirdi.

77. Abdurahmonov olisdan zarba yo'lladi, to'p Quvvatovning qo'lidan chiqib ketdi, qaytgan to'pga Smaylagich ulgurmadi.

75. "Nasaf"ga omadning d harfi etishmadi. Jarima maydonida bir emas, ikki futbolchi bosh bilan zarba berish uchun sakradi, zarbani chamalashda bir qarich aniqlik etishmadi.

73. "Nasaf" safida ikki o'zgarish: Bahrom Abdurahmonov SHarof Muhitdinovni, Semir Smaylagich Husayn Norchaevni almashtirdi.

70. Quvvatov biroz noaniq o'ynaganda, qarshi hujumda mezbonlar hisobni ochishi mumkin edi, ammo darvozabon poziciya tanlashda adashmadi.

69. "Paxtakor" hisobni ochishi mumkin edi. O'ng qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to'pni "ajdar" himoyachilar amallab qaytarishdi.

68. Hamrobekov o'ng qanotdan sherigini oldinga boshlagandi, "Nasaf" himoyachisi epchilroq harakat qildi.

64. Mezbonlar keskinlikni oshirmoqda. Maydon to'la muxlis bugun golsiz o'yin guvohi aylanishidan xursand bo'lmasligi aniq, ayniqsa sevimli jamoasi to'p kiritmasa.

62. "Paxtakor"da o'zgarish: Mirahmadov o'rniga SHarkich tushirildi.

61. Nurulloev yaqin burchakdan Quvvatovni ojiz qoldirmoqchi bo'ldi, ammo uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

60. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Sayfiev qaytardi, aks holda mehmonlar o'yinni maydon markazidan boshlashi mumkin edi.

56. "Nasaf"da qulay standart vaziyat yuzaga kelgandi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pga Aliqulov chalqancha uslubda zarba berdi, biroq uning oyog'i to'pga emas raqibning yuziga tegdi.

54. Odil Hamrobekovning uzatmasi maydon orqasida bolakayga nasib etdi.

51. "Nasaf" futbolchilarida qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Darvozaga yo'llangan zarbaga himoyachilar to'g'on qurishdi.

50. Muxlislar tomonidan o'zbekona hakamlarga baxshida jo'rovozlida kuylanmoqda.

49. "Nasaf" futbolchilari asabiylashmoqda. Jamoa ketma-ket ikki bor qo'pollik ishlatdi.

48. Saitov ogohlantirildi.

47. Mezbonlarning jarima zarbasi samarasiz yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim statistikasi

To'pni nazorat qilish: 53-47

Zarbalar: 7-2

Aniq zarbalar: 4-1

Noaniq zarbalar: 3-1

Burchak zarbalari: 2-3

Hujumlar: 36-28

Xavfli hujumlar: 18-17

Tanaffusda zerikib qolmaslik uchun suratdagi futbolchilarni topishga urinib ko'ring.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. SHarof Muhitdinovning zarbasi golga aylanishiga bor-yo'g'i 2 metr etmadi.

44. "Paxtakor" xavfli vaziyat yuzaga keltirdi. CHap qanotdan uzatilgan to'pga Erkinov yaqin masofadan zarba yo'lladi, himoyachilar to'pga qalqon bo'lishdi.

40. "Paxtakor" gol kiritishi uchun sal qolishiga sal qoldi. Alijonovning qoyilmaqom uzzatmasini Turg'unboev bosh bilan golga aylantira olmadi.

39. "Nasaf" tarkibida ilk o'zgarish: Aziz Xolmurodov o'rniga Suhrob Nurulloev maydonga tushdi.

38. Stanoevich jarimadan qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq uning zarbasi qushlar singari osmonga parvoz qildi.

37. Mirjahon Mirahmadov to'pni to'xtatishni o'rganish uchun to'rt yil oliygohda o'qishi kerakyu

36. Mezbonlarning navbati hujumi ham qaytarildi.

32. Mehmonlar jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Turg'unboevning zarbasidan so'ng Abduvohid Nematov to'pni ushdab olishdi 5 bahoga o'qiganini ko'rsatib qo'ydi.

31. SHarof Muhitdinovning olisdan yo'llagan zarbasi Quvvatovning quchog'iga borib tushdi.

Kung-fu futbol

29. "Paxtakor"da kam sonli standart vaziyatdardan biri muvaffaqiyatsiz ijro etildi.

26. Turg'unboev futbol kitobida bitilgan qoidani buzdi. Oqibatda to'p raqibga tuhfa etildi.

23. "Paxtakor" himoyachilarining Norchaevda qasdi bor shekilli. Bu safar Larin Husaynga qo'pol harakatini ko'rsatib qo'ydi. Oxiri hakam "nasaf" fan-klubi libosidagi kartochkani ko'rsatib qo'ymasa bo'lardi.

21. Endi mehmonlar maydonning bayroqcha o'rnatilgan qismidan standart vaziyatni amalga oshirishadi.

20. "Nasaf"ning burchak zarbasi bartaraf etildi.

18. Jarima zarbasidan oshirilgan to'p "Bo'g'irsoq" ertagidagi singari hammadan qochib, Sanjar Quvvatovning tuzog'iga ilindi.

17. Xadjiev ogohlantirildi. Hali ikkinchi bo'lim ham bor, janob Kamenjon.

16. Gol inobatga olinmadi, Husayn chindan ham o'yindan tashqari holatda ekan.

15. Hakam yaqin do'sti VAR bilan fikr almashmoqda.

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL emas! Hakam Norchaevning golini ofsayd deb topdi.


13. Norchaevdan yana chap oyoqda zarba. Birinchi szarba pasdan yo'llangandi, ikkinchisining manzili tribuna bo'ldi.

12. Norchaev Saloh uslubida zarba bermoqchi edi, ammo uning tayyor emasligi sezildi.

11. Stanoevich alamini jarima zarbasidan oldi. Uning bor kuchi bilan bergan zarbasi kimning "voy belim" deyishiga sabab bo'ldi.

10. Stanoevich Norchaevni birga-bir vaziyatga chiqarib yuborishi mumkin edi, uning niyati boshqa safar amalga oshadigan bo'ldi.

8. Norchaev yiqilib tushdi, hakam bu vaziyatga lom-mim demadi, muxlislar esa o'z reaksiyasini hushtakbozliklar orqali bildirishmoqda.

6. "Nasaf"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi, Xadjiev vaziyatni yumshatdi.

5. To'qnashuv sodir bo'ldi, Saitov abdor deb topildi.

4. Aliqulovning zarbasi kuchsio' chiqdi, Suyunov to'pni egallab olishda qiyinchilikka duch kelmadi.

3. "Nasaf" dastlabki daqiqalardan ustunlikni o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda.  

"Nasaf" qora, "Paxtakor" oq rangli liboslarda harakat qilmoqda.

Uchrashuvni mezbonlar boshlab berishdi. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

"O'zbek futboliga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishoni bilan SHuhrat Arslonov, Erkin Piyalov, Mo'minjon Yahyoev, Ro'ziqul Berdiev, Husan Temirov, Kamoliddin Kenjaev taqdirlandi.

Nafaqat futbolchilar, balki muxlislar ham o'yin boshlanishini intizorlik bilan kutmoqda.

Bugungi uchrashuvga O'zbekiston futbol associaciyasidan delegaciya tashrif buyuorgan. Ular o'zbek futbolining 110 yillik yubileyi munosabati bilan futbol fidoyilarini taqdirlashadi.

Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика