So’nggi yangiliklar

09:00Суперлига. "Андижон" Самарқандда, "Сўғдиёна" Тошкентда меҳмон  1 08:35Икром Алибоев: "Англияда мураббий имзоси кўринмаяпти, Испаниядан чемпионликни кутмоқдаман"  1 08:15"Пахтакор" Суперлигада сўнгги маротаба қачон 4 та гол ўтказганини биласизми?  1 07:55"Бунёдкор"нинг "Олимпик" билан ўйинлардаги ёқимсиз анъанаси давом этди  0 07:24ФАКТ. Миржалол Қосимов илк бор ОКМК мураббийи сифатида "Пахтакор"ни ютди  1 02:30Евро-2024. Нидерландия – Франция 0:0, Нидерландиянинг голи хисобга олинмади  0 02:00Евро-2024. Гол киритилмаган, аммо қизиқарли кечган баҳсда Франция ва Нидерландия дуранг қайд этишди  18 01:20Ўзбекистон Олимпия терма жамоаси Париж-2024 иштирокчиси билан ўртоқлик ўйини ўтказади  6 00:51Месси Копа Америка ҳақида: "Бу мен учун охиргиси"  9 00:30Миржалол Қосимов: "Натижаларимиз сал яхшиланса, барча мақташни бошлайди. Чемпионлик ҳақидаги гап-сўзларга нормал қарайман"  11 00:20Евро-2024. Польша – Австрия 1:3  0 00:14Максим Шацких: "Футболчиларнинг етишмовчилиги сабаб Асқаровни чап қанотда ўйнатдик. Алижонов ва Абдуманнопов ҳали майдонга тушишга тайёр эмас"  9 00:00Евро-2024. Словакия – Украина 1:2, Шацкихнинг "куёви" гол урди  6 23:43Тимур Кападзе: "Совғадан фойдалана олмадик"  2 23:22Илёс Зейтуллаев: "Агар, худо биз билан бирга бўлса, ким қаршилик қилиши мумкин?"  7

Superliga. "Bunyodkor" voqealarga boy "Toshkent derbisi"da "Lokomotiv"ni engib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" voqealarga boy "Toshkent derbisi"da "Lokomotiv"ni engib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv yakuniga etdi.

Unda "qaldirg'ochlar" "temiryo'lchilar"ni 3:2 hisobida dog'da qoldirishdi.

Superliga

8-tur

Bunyodkor

Mahmud Mahamadzhonov - 59', Usmonali Ismonaliev - 73', Mirzhahon Mirahmadov - 90'

Superliga. 8-tur

21/05/2024, 19:00

2
:
3
Tugadi

Lokomotiv

Sanjar Tursunov - 34', Dilshod Komilov - 90'

45'
90'
35'  Farhod O'tkirov (Mirzhahon Mirahmadov)
46'  Toni Yovich (Muzaffar Olimjonov)
59'  Mahmud Mahamadzhonov
69'  Suhrob Izzatov
73'  Usmonali Ismonaliev
73'  Mahmud Mahamadzhonov
86'  Rasul Yo'ldoshev (Samir Jelkovich)
86'  Franye Chiryak (Amirbek Saidov)
90'  Mirzhahon Mirahmadov
34'  Sanjar Tursunov
57'  SHerzod Komilov
73'  Muhammadanas Hasanov (Sardor Abdunabiev)
79'  SHerzod Komilov (Lazizbek Mirzayev)
88'  Ivan Bulatovich (Abubakrrizo Turdaliev)
88'  Damyan Krayishnik (Izzat Abdullaev)
90'  Dilshod Komilov
90'  Sanjar Tursunov
90'  Suhrobjon Sultonov

"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 3:2  
21 may. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00

Gollar: Mahmud Mahamadjanov penalti 59', Usmonali Ismonaliev (Mahmud Mahamadjanov) 73', Mirjahon Mirahmadov penalti 90+7' – Sanjar Tursunov 34', Dilshod Komilov (Sanjar Tursunov) 90'
Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 3.Mahmud Mahamadjanov, 4.Najmiddin Normurodov, 7.Suhrob Izzatov, 8.Frane CHiryak (25.Amirbek Saidov, 86), 10.Rasul Yo'ldoshev (6.Samir Jelkovich, 86), 22.Usmonali Ismonaliev, 45.Farxod O'tkirov (14.Mirjahon Mirahmadov, 35), 66.Azizbek To'lqinbekov, 78.Toxir To'xtasinov, 92.Toni Yovich (77.Muzaffar Olimjonov, 46).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 17.Ollobergan Karimov, 18.Narimon Ahmadjonov, 19.Bilol Tupliev.

"Lokomotiv": 32.Suxrob Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 6.SHerzod Komilov (77.Lazizbek Mirzaev, 79), 8.Damyan Krayishnik (11.Izzatilla Abdullaev, 88), 10.Ivan Bulatovich (70.Abubakrrizo Turdialiev, 88), 14.Dilshod Komilov, 17.Sanjar Tursunov, 22.Muhammadanas Hasanov (7.Sardor Abdunabiev, 73), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 55.Anzur Ismoilov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 23.Jahongir Hoshimboev, 27.Sobit Sindarov.

Ogohlantirishlar: SHerzod Komilov (57), Suhrob Izzatov (69).

CHetlatish: Suhrob Sultonov (90+6).


BAHS YAKUNLANDI!

90+7. GOL! Mirjahon Mirahmadov penaltidan gol urib, hisobni jamoasi foydasiga o'zgartirdi – 3:2!

90+7. Etiborlisi, "Loko"da o'zgarishlar qolmagan... Abdulloh Yo'ldoshev darvozani egallaydi.

90+6. Penalti! Suhrob Sultonov havodan kelgan to'pni urib yuborish chog'ida Amirbek Saidovga zarba berib yubordi. Dahshat! Darvozabon maydondan chetlatildi! 

90+5. Tursunovning havolatib amalga oshirgan navbatdagi pasidan keyin Mirzaev bosh bilan zarba berdi. To'p darvozabonning qo'llarida va hech qanday xavf kuzatilmadi.

90+4. Abdunabiev birga-bir holatga chiqib ketib, gol urgandi, biroq u ofsaydda edi... 

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shildi.

90. Gol! Sanjar Tursunovning uzatmasidan keyin SHerzod Komilov bosh bilan gol urdi – 2:2!

88. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: Krayishnik o'rniga Abdullaev, Bulatovich o'rniga Turdialiev tushdi. 

86. "Bunyodkor"da 2 ta o'zgarish: CHiryak o'rniga Saidov, Yo'ldoshev o'rniga Jelkovich tushirildi. 

82. Hammasi joyida. O'yin davom etadi. "Lokomotiv" feyp-pleyga rioya qilib, to'pni raqibga qaytardi.

81. Marin Lyubich to'pni maydon tashqarisiga terib yubordi, "Bunyodkor" vakiliga tibbiy yordam kerak. 

79. "Lokomotiv"da o'zgarish: SHerzod Komilov o'rniga Mirzaev maydonga tushdi. 

76. Zarbaaa! Mirahmadovning qulay pasidan so'ng Olimjonov ancha noaniq ko'rinish olgan zarbaga mualliflik qildi. 

73. GOL! Mahmud Mahamadjanovning pasidan so'ng Usmonali Ismonaliev bir himoyachini ortda qoldirib, darvozani ishg'ol qildi va hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi! 

73. "Lokomotiv"da almashtirish: Hasanov o'rniga Abdunabiev uchrashuvni davom ettiradi.  

69. Suhrob Izzatov qoidani buzgani uchun ogohlantirildi.

65. "Loko" to'pga egalik qilmoqda va vaziyat yaratishga hozirlik ko'rmoqda. 

61. Zarbaaa! Sanjar Tursunov olisdan chap oyoqda darvozani nishonga olishga urindi, zarba posbonga muammo tug'dirmadi.

59. Gol! Mahmud Mahamadjanov penaltidan to'p kiritib, muvozanatni tikladi – 1:1! 

58. Penalti belgilandi. SHerzod Komilovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

56. Bosh hakam vaziyatni batafsil o'rganish uchun VAR monitori tomon yo'l oldi. 

55. Suhrob Izzatov jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Hakam vaziyatni simulyaciya deya baholab, unga sariq kartochka berdi.

50. Rogach xatoga yo'l qo'ydi, sherigi buni to'g'rilayman deb, to'pni to'satdan "aut"ga chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Bunyodkor"da o'zgarish: Toni Yovich o'rniga Muzaffar Olimjonov o'yinga qo'shildi.

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarba! Abdurashidovning zarbasini Marin Lyubich ushlab oldi. 

42. Maydon markazida Mirahmadov Krayishnikka nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

39. "Bunyodkor" "Lokomotiv"ning pressingidan muvaffaqiyatli chiqib keta oldi. Himoyachilar orqali hujum yo'lga qo'yiladi.

35. "Bunyodkor"da o'zgarish: O'tkirov o'rniga Mirahmadov bahsni davom ettiradi.

34. Gol! Sanjar Tursunov jarima zarbasi orqali olis masofadan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi. Maestro!   

31. Zarba! Ivan Bulatovichning zarbasi mo'ljalga aniq bormadi. 

25. Zarbaaaa! Mahmud Mahamadjanovning kuchli zarbasi xavfli, ammo biroz noaniq chiqdi. 

20. Zarbaaa! Dilshod Komilovning erlatib yo'llagan xavfli zarbasini Marin Lyubich bartaraf etishga erishdi.

15. Zarba! Sanjar Tursunovning jarimadan oshirib bergan to'pini Dilshod Komilov darvoza tomon to'g'ri yo'naltira olmadi. 

13. Najmiddin Normurodov Muhammadanas Hasanovga nisbatan qoidani buzdi.

11. Maydonning har bir chizig'ida kurash kechmoqda. 

7. Zarbaaaa! Frane CHiryakning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi! Bugun ancha tomoshabop o'yin guvohiga aylanamiz, shekilli.

"Bunyodkor" muxlislari "Murod Aliev out" degan bannerni ko'tarishdi

3. Uuux! Navbatdagi xavfli vaziyat! "Loko" himoyachisining bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

2. Vau! Kutilmaganda Ivan Rogach jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va darvozani nishonga oldi, noaniq. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

Reyting: +2   

Fikrlar

+10   
21 may 20:07:12
Odiljon Rasulov
Shuxrat Nabiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Иккови кераксиз зураки каманда уларни урнига вилоят камандасидан куйиш керак мухлиси йук каманда нимага керак
Дустим бу жамоалар Пахтакорга очко улашиш учун керакда металлург бошчилигида
+8   
21 may 21:15:10
Абдугаффор . N
У бу дмелар Бунёдкорни хичкимга зиени тегмаган. Холис булиш керак. Бунёдкор узбда хеч кайси клуб килолмаган ва клолмайдиган ишни клган. Дунёга танитти Узбни. Буюк мураббийлар буюк уйинчиларни олиб келган!
+5   
21 may 20:59:16
Rasul M
Shuxrat Nabiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Иккови кераксиз зураки каманда уларни урнига вилоят камандасидан куйиш керак мухлиси йук каманда нимага керак
Qaysi viloyat jamoasini aytayabsiz
+5   
21 may 20:58:54
ПСЖ
Qani keliwilgan oyin dvotganla? Oyinni korvossilami ozi qanaqa oyin bovotganini. Lokoyam bunikam 3 ochkoga oynavotti. Buni kormasli uchun bilmadim endi qanaqa koz kere
+4   
21 may 21:43:36
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Бля зайбал экансанла бору. Причем тут Пахтакор. Жалаб хотиндан баттар экансанла бля лулилар. Чегарадан чикишга мажбур квоссанладе узр а так
+4   
21 may 19:20:39
Абдугаффор . N
Бунедкорга омад. Суперлигада колишига тилакдошман!
+3   
21 may 23:55:23
Jasur/barsa
Vots9 foydalanuvchining fikriga javob berish
Чегарадан чиқманг ўша лўлилар деб сўқётганиз юртдошлариз бўлади
Vo jala... Kimidir loʻli disa yurtdoshini soʻkib chegaradan chiqqan boʻladimi, oʻsha "yurtdoshi" Pahtakorni soʻkib qargʻab yer bilan bitta qisa mayli a, atak oʻshalaga Pahtakoram oʻzini yurtini kamandasi hisoblanadi
+3   
21 may 21:17:58
Burxon
Odiljon Rasulov foydalanuvchining fikriga javob berish
Дустим бу жамоалар Пахтакорга очко улашиш учун керакда металлург бошчилигида
Naqadar saviyasiz, paxtakorga ochko ulashishi kere bo'gani uchun 3:0 yuttimi paxtakori?
+3   
21 may 20:22:26
bekaka
Шу учрашувни Хоразм ёки Коракалпакда утказганда стадионда мухлислар тулиб турарди футболчилар хам аудиторияси бор стадионда маза килиб уйнайдида
+2   
21 may 23:53:06
Jasur/barsa
Shuxrat Nabiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Иккови кераксиз зураки каманда уларни урнига вилоят камандасидан куйиш керак мухлиси йук каманда нимага керак
Sanam asbobni yebsan shu gapinga. Bu ikkala kamanda oʻzini kuchi bilan shoʻtta yuribdi, dalshe yuradi.
+2   
21 may 21:05:04
Абдугаффор . N
Бунёдкор мухлисларини галаба билан табриклиман.
+2   
21 may 21:04:16
UzBekistanTEAMFCCC
2 ла жамога хам ажойиб ўйин учун рахмат. Зўр ўйин бўлди.
+2   
21 may 20:46:10
Aziz Yuldashev
ПСЖ foydalanuvchining fikriga javob berish
Bizankilaga unaqa dmen. Eski logosi zoridi dip yurgan fanatla qancha. Chichib qoymasin yana togilliman dip ketiga tiqip
Барселона билан бир хил қийин муаммолар гирдобида, боғлаб турган нарса фақат шу!!!
+2   
21 may 20:40:09
Vo Ajabo
76-daqiqadan boshlandi ochko ulashish
+2   
21 may 20:32:50
ПСЖ
Shuxrat Nabiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Иккови кераксиз зураки каманда уларни урнига вилоят камандасидан куйиш керак мухлиси йук каманда нимага керак
Muxlisi bomasa keresiz komanda boladimi? 1 ta muxlisi bosa boldi emasmi. Chiqsin viloyatti komandalari. Lokoyam pro ligadan chiqtiku yutsa chiqadide. Kotidan yetelab chiqariw keremi yoki? Lokodan zor komandala bor pro ligada faqat sezonni oxirigacha chidab oynash kere. Sezonni oxirida charchab oynomidi kopi chunki fizicheski podgotovkasi yo odam charchidide konechno.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика