So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Superliga. Penalti, kartochka va to'xtalishlarga boy bo'lgan o'yinda "Bunyodkor" kambek qildi Yangiliklar

Superliga. Penalti, kartochka va to'xtalishlarga boy bo'lgan o'yinda "Bunyodkor" kambek qildi

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvi boshlanmoqda.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


Coca-Cola Superliga. 4-tur
31 mart, payshanba
BUNYODKOR 2:1 DINAMO

Gol: Umarali Rahmonaliev (83),  O'Llmasaliev (90+3) - Sahob Rashidov (16)
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Alisher Usmonov, Aleksandr Burov, Ravshan Abdivohidov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR hakami: Rahimbek Karimov
VAR assistent: Jahongir Saidov
VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Abbosxon Ahrorov 

"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Davronjon Ergashev, 5.Dilshod Jo'raev (7.Odiljon Abdurahmonov, 46), 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Francis Narx, 10.Rasul Yo'ldoshev, 29. Muzaffar Olimjonov (14.Husayn Ergashboev, 73), 33.Umarali Rahmonaliev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Gbadamosi (22.Usmonali Ismonaliev, 46), 88.Jahongir O'rozov (99.Umid Sultonov, 73).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 2.Sardor Xursandov, 3.Mahmud Mahamadjonov, 21.G'ayrat Azizxo'jaev, 37.Muhammadodil Qahramonov.

"Dinamo": 12.Miloe Prekovich, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Temur Ismoilov ( 9.To'lqin Ergashev, 87), 15.Jo'rabek Mannonov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.Jasur Jumaev, 22.Abdujamol Isroilov, 70.Oybek Nurmatov (31.Saydullo Rahmatov,75), 11. Sahob Rashidov (78.Aleksandr Glishich, 87), 88.Evgeniy CHumak.
Zaxira: 35.Aslonbek Ahrorov, 10.SHohmalik Komilov, 14.SHokir Yo'ldoshev, 19.Islom SHaripov, 30.Jasurbek Umarov, 97.Fahriddin Alimov.

Ogohlantirishlar: Oybek Nurmatov (14), Jahongir O'rozov (15), Dilshod Jo'raev (36), Tomiva (36), Muzaffar Muzaffarov (65), Temur Ismoilov (65), 5.Mixaylo Yovanovich (82), U. Rahmonaliev (88), Jo'rabek Mannonov (90+5)

CHetlatish: Abdujamol Isroilov ("Dinamo", 64)

Amalga oshirilmagan penalti: I. Tomiva (35).




MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH 



Uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. "Bunyodkor" o'z hisobiga 3 ochko yozdirib qo'ydi.

90+3. Goooooool! Avazbek O'lmasaliev jarima maydoni ichidagi palapartishlikdan keyin "Bunyodkor"ni hisobda oldinga olib chiqdi.




Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Bunyodkor"dan yana bir keskin hujum. Ammo, "Dinamo" himoyachilari to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

88. Raqib qarshi hujumini qo'pollik evaziga to'xtatib qolgan Umarali Rahmonaliev ogohlantirildi.

87. "Dinamo"da o'zgarish. Rashidov o'rniga Glishich, Ismoilov o'rniga Ergashev maydonga tushdi.

83. Goool! Umarali Rahmonaliev 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

82. Epizodni o'zi tekshirgan Rustam Lutfullin "Dinamo" darvozasi tomon 2-penaltini belgiladi.

81. Lutfullin 2 daqiqadan beri VAR xonasidagilar bilan suhbatlashmoqda.

79. Dahshat! "Qaldirg'ochlar"ning ketma-ket zarbalarini Prekovich yoki mudofaa chizig'i vakillari bartaraf qilishmoqda.

78. O'rozov maydonni tark etgach "Bunyodkor" 3 himoyachi bilan o'ynayapti: Ergashev o'rtada, Izzatov va O'lmasaliev qanotlarda.o

75. "Dinamo"da o'zgarish. Oybek Nurmatov o'rniga Saydullo Rahmatov maydonga tushdi.

73. "Bunyodkor"da o'zgarish. Olimjonov o'rniga Husayn Ergashboev, O'rozov o'rniga Umid Sultonov maydonga chiqarildi.

69. VAZiyat VAR tizimi orqali tekshirildi. Bosh hakamning qarori to'g'riligi tasdiqlandi.

68. Goool! "Bunyodkor" hisobni tenglashtirdi. Yo'q, Rustam Lutfullin "Dinamo"ning jarima maydoni ichida qoida buzilgani tufayli golni inobatga olmadi.

65. O'yin judayam asabiy ruhda keyapti. Bu gal Temur Ismoliv ogohlantirdi.

64. Epizodni Rustam Lutfullinning o'zi tekshirdi va "Dinamo" vakili Abdujamol Isroilovni maydondan chetlatdi.




62. VAR ehtimoliy qizil kartochkani tekshirmoqda.

60. Suhrob Izzatov maydonga quladi. Unga Abdujamol Isroilov boshi bilan zarba bergan ko'rinadi...

58. Yana zarba va yana ustun! Bu gal Suhrob Izzatov to'pni darvozaga yo'llagan edi.

56. Zarbaaa! Rasul Yo'ldoshev tomonidan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Francis Narx boshi bilan darvoza yo'lladi. To'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

54. "Dinamo" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Davronjon Ergashevning kuchli zarbasi "jonli devor"dagilardan birini maydonga qulatdi.

47. Oybek Nurmatovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. "Bunyodkor"da o'zgarish. Taym avvalida Dilshod Jo'raevni Odil Abdurahmonov, Ibrohim Tomivani esa Usmonali Ismonaliev almashtirdi.

45+3. "Bunyodkor" hujumni keskinlashtirishga qiynalayotgan bir paytda dastlabki taymga yakun yasaldi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Suhrob Izzatov jarima maydoniga yorib kirib, to'pni Yo'ldoshevga oshirdi. Rasulning zarbasi darvoza to'sinining yuqorisidan o'tib ketdi.

38. O'yin to'liq "Dinamo" yarim maydoniga ko'chdi. Ammo "qaldirg'ochlar"ning hujumlari natijasiz tugayapti.




35. Yo'q, Tomivaning zarbasini posbon bartaraf qildi. 2-zarba ham Prekovich to'g'onoq bo'lib qoldi.

34. Tomiva va Jo'raev o'zaro talashib qolishdi. Penaltini Ibrohim o'yinga kiritadigan bo'ldi.

33. Vaziyatni yana Lutfullinning o'zi tekshirdi va 11 metrlik nuqtaga ishora qildi. Penalti!

31. Narx to'pni ustalik bilan jarima maydoni ichidagi Rasul Yo'ldoshevga tashlab berdi. Rasulning uzatmasini esa raqib himoyachilari bartaraf etgandi. "Qaldirg'ochlar" darhol to'pni maydon tashqarsiga chiqarib, hakamdan penalti so'rashmoqda. Ularning fikricha, himoyachi to'pni qo'li bilan bartaraf qilgan...

28. Suhrob Izzatov Rahmoaliev tomonidan qanotga oshirilgan uzatmaga etib kelolmadi.

26. Jasur Jumaev Tomivaga nisbatan qo'pol o'ynadi. Mezbonlar forvardiga tibbiy yordam kerak...

20. Epizodni Rustam Lutfullinning o'zi tekshirdi va golni inobatga oldi. Uchrashuv davom etadi.

17. VAR vaziyatga aralashdi. Aftidan, o'yindan tashqari holat borga o'xshaydi.

16. Goool! Jarimadan o'yinga kiritilgan to'pni "Bunyodkor" himoyachilari bartaraf qila olishmadi. Natijada Sahob Rashidov uchrashuvda hisobni ochdi - 0:1.

15. Qarshi hujumga oshiqayotgan Rashidovni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan O'rozovga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

13. Oybek Nurmatov Lutfullin tomonidan ogohlantirildi. U Muzaffar Olimjonovga nisbatan qo'pol harakat qilgan edi.

11. Uxx! Jo'rabek Mannonov qanotdan oshirgan to'p Sultonovdan o'tib ketdi. "Dinamo" vakilining bo'sh qolgan darvozaga yo'llagan zarbasini esa Avazbek O'lmasaliev bartaraf qilib, jamoa joniga oro kirdi.

8. "Korner" navbati mehmonlarda. Burchakdan uzatilgan to'p to'g'ri Umarali Rahmonalievga kelib tushdi. U boshlagan hujum yakuniga etmay qoldi.

6. "Qaldirg'ochlar" to'pni burchakdan o'yinga kiritib berishadi. Olimjonovning uzatmasini raqib himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

3. "Dinamo"ning hujumi keskin ko'rinish olishi mumkin edi. Biroq, mezbonlar posboni to'pga Sahob Rashidovdan avval etib kelib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

1. O'yinga start berildi. To'pni o'yinga samarqandlik futbolchilar kiritib berishdi.


Xabaringiz bor, 4-tur bahslari Halol futbol shiori ostida o'tkaziladi. Maydonga chiqib kelgan har 2 jamoa futbolchilari ushbu akciya doirasida birgalikda suratga tushishdi...

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика