So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Superliga. "Andijon" mavsumdagi ilk g'alabasini "Mashal" bilan o'yinda qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Andijon" mavsumdagi ilk g'alabasini "Mashal" bilan o'yinda qo'lga kiritdi

Teglar :  Mashal Andijon
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

06.04.2025
“Andijon”  “Mashal” 1:0 TUGADI
Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov
Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Shohruh Azamov
Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Oybek Davletmurodov

Gol: Ilhom Abdug'aniev (Abdulvohid G'ulomov) 7, 1:0

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 6. Altin Kreziu ( 8. Iskandar Shayqulov,83), 10. Ilhomjon Abdug'aniev (18. Damir Temirov,68), 11. Islam Mashukov ( 7. Rustam Turdimurodov,68) , 17. Farhodjon Sohibjonov ( 22. Usmonali Ismonaliev,57) , 23. Doniyor Abdumannopov (71. Bektemir Abdumannonov, 57) 26. Muhammadkarim Toirov, 33. Oleg Zoteev, 66. Miomir Jurikovich

Zaxira: 25. Valijon Rahimov, 13. Sardorbek Azimov, 14. Abdurahmon Komilov, 32. Luka Uskokovich, 

"Mashal": 35. Dostonbek To'xtaboev, 5. Samandar Ochilov (37. Sherzod Fayziev,46), 6. Javohir Abdualimov, 7. Islombek Baratov (17. Anvar Murodov, 46), 9 Ibrohim G'anixonov, 10. Humoyun Murtozaev (30. Shohnazar Norbekov, 82), 15. Muhammadali Aliqulov, 18. Dilshod Rahmatullaev ( 8. Sardor Abduraimov, 62), 19. Islom Sharipov ( 96. Ibrohim No'monov,89) 24. Avazxon Mamatxo'jaev, 28. Ergash Ismoilov

Zaxira: 1. Umidjon Hamroev,  22. Nurjahon Muzaffarov, 27. Zafarbek Akramov, 34. Shahboz Jo'raev, 


MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi.

90+3. "Mashal" butunlay oldinda. Adhamov xavfni bartaraf etdi.

90+2. ZARBA. Omad kelmasa qiyin ekan. "Mashal" hisobni tenglashtirish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Abdualimovning uzatmasidan so'ng Norbekov boshi bilan zarba yo'lladi. To'p rekoshet hosil qilib darvoza yonidan o'tib ketdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'ZGARISH. "Mashal", Islom Sharipov o'rniga Ibrohim No'monov tushdi.

83. O'ZGARISH. "Andijon", Altin Kreziu o'rniga Iskandar Shayqulov tushdi.

82. O'ZGARISH. "Mashal", Humoyun Murtozaev o'rniga Shohnazar Norbekov tushdi.

82. UX. Miomir Jurikovich "Mashal" futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. 

78. Ustunlik muborakliklarda. Fayzievning zarbasi darvoza to'sinidan o'tib ketdi. 

71. "Mashal" muvozanatni tiklash uchun harakat qilyapti. Ammo samara yo'q. 

68. O'ZGARISH. "Andijon", Ilhom Abdug'aniev o'rniga Damir Temirov, Islam Mashukov o'rniga Rustam Turdimurodov tushdi.

62. O'ZGARISH. "Mashal", Dilshod Rahmatullaev o'rniga Sardor Abduraimov tushdi.

60. ZARBA. "Mashal" futbolchisi G'anixonovning jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi o'ta noaniq chiqdi.

57. O'ZGARISH. "Andijon", Doniyor Abdumannopov o'rniga Bektemir Abdumannonov, Farhod Sohibjonov o'rniga Usmonali Ismonaliev tushdi.

54. ZARBA. Toirovning kuchli zarbasi noaniq ketdi. 

46. O'ZGARISH. "Mashal", Islombek Baratov o'rniga Anvar Murodov, Samandar Ochilov o'rniga Sherzod Fayziev tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

40. ZARBA. Ilhom Abdug'anievning zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Bugun "Andijon" yarim himoyachisi ancha faol harakat qilmoqda.

38. Abdumannopov oldingi chiziqda keskinlik yaratishga urindi. Jarima maydonchasi ichida gol uradigan futbolchi topilmadi.

37. ZARBA. Murtozaevning jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

34. ZARBA. Islam Mashukov o'ng qanotdan kelgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'xtaboev to'pni ushlab oldi.

32. Doston To'xtaboev to'pga vaqtida chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

32. Zoteevning qanotidan yurish qilindi.  Yakun samarasiz.

24. Kichik ustunlik mehmonlar tomonida. Mezbonlar himoyada bo'shliqlar qoldirmayapti.

20. Dilshod Rahmatullaevga tibbiy yordam ko'rsatildi. Unda hammasi joyida. 

12. Zarbani Abdug'anievning o'zi yo'lladi. Juda noaniq. O'yin yaxshi tempda davom etmoqda. 

11. "Burgutlar" juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. Farhod Sohibjonovni "Mashal" himoyachilari jarima maydonchasiga chizig'i ustida yiqitishdi. 

7. GOL. "Andijon" uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Abdulvohid G'ulomovning o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yuqorilatib bergan zarbasini Ilhom Abdug'aniev ikki himoyachi orasidan boshi bilan darvozaga yo'lladi. Ajoyib uzatma va shunga monand gol, 1:0

1. Ilk daqiqalardan to'p nazorati maydon egalaridi. 

- O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- "Bobur Arena"da chiroyli muhit hukmronlik qilmoqda. Muxlislar arenada bayramona kayfiyat yaratishyapti.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda. 

- O'yin 17:45da boshlanadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика