So’nggi yangiliklar

18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  7 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  2 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  12 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  4

Superliga. 5-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 5-tur laureatlari

Kecha Superliganing 5-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Qizilqum" klubi bu turda Toshkentda "Olmaliq" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Navoiyliklar posboni Ignatiy Nesterov shu kuni juda ajoyib o'ynadi va raqiblarning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida o'z darvozasi tomon belgilangan penaltidan keyin to'pni qaytardi va jamoasi g'alaba qozonishiga katta hissa qo'shdi. "Qizilqum" posboni Ignatiy Nesterov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

"So'g'diyona" bu tur chempionlikka davogar bo'lgan "Navbahor"ni Namanganda 2:1 hisobida mag'lub etdi. Jizzax klubi kuchli tarkibga ega bo'lgan "lochinlar"ga qarshi tartibli o'ynashdi va ijobiy natija qayd etishdi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 5-turning eng yaxshi murabbiyi Ulug'bek Baqoev bo'ldi.

Bu turda "So'g'diyona" yarim himoyachisi Doniyor Abdumannopov "Navbahor" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.  




O'tgan mavsum "Nasaf"da o'ynagan yarim himoyachi SHohmalik Komilov bu yil "Dinamo"da faoliyat olib bormoqda. Bu tur Komilov "Lokomotiv"ga qarshi bahsda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va "Dinamo"ning mavsumdagi ilk g'alabasiga katta hissa qo'shdi. SHu tariqa, SHohmalik Komilov championat.asia talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 




O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика