So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  0 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Superliga. 3-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga. 3-tur ramziy terma jamoasi

Superliganing 3-turida yorqin o'yinlari tufayli tur ramziysiga kiritilgan futbolchilardan iborat jamoani taqdim etamiz.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Superliga 3-tur ramziy terma jamoasining taktik sxemasi 3-5-2ni tashkil qildi.

Unga ko'ra, ramziy terma jamoa darvozasiga "Navbahor" posboni Botirali Ergashev munosib ko'rildi. Ushbu kiper "Lokomotiv"ga qarshi bahsda darvozasi dahlsizligini saqladi va o'yin davomida 6 marotaba seyv amalga oshirdi.

Uch nafar markaziy himoyachilar sifatida "Bunyodkor" safida qo'rg'onda ishonchli turgan Rustam Ashurmatov, "Navbahor"da ishonchli va foydali o'ynagan Tomislav Payovich hamda "Buxoro"ning legioner himoyachisi Marko Klisura o'rin olishdi. Marko Klisura "So'g'diyona"ga qarshi bahsda o'zining yangi jamoasidagi debyut o'yinini o'tkazdi va mustahkam o'yini bilan iliq taassurot qoldirdi.

Yarim himoyaning tayanch zonasida "Metallurg" futbolchisi SHahzod SHaymanov qo'yildi. SHaymanov "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda jamoasining maydon markazida ustuni bo'ldi. Futbolchi nafaqat raqib hujumlarini buzish bilan mashg'ul bo'ldi, balki hujumlarni tashkil etishda ham birdek faollik ko'rsatdi. Yarim himoya chizig'ining markazida esa "Bunyodkor"dan Sardor Sobirxo'jaev hamda "Navbahor" yarim himoyachisi Azam Aliev o'rin olishdi. Sardor Sobirxo'jaev tobora o'z sport formasini tiklayotgani sezilib turibdi. Futbolchi "Neftchi" bilan bahsda ancha ishonchi va foydali o'ynadi. Jamoasining yagona kiritilgan golida ham aynan ushbu futbolchi assistentlik vazifasini ao darajada bajardi. Azam Aliev esa "Lokomotiv" bilan bo'lgan o'yinda nisbatan o'z poziciyadan begona joyda harakat qildi. Lekin shunga qaramay notanish nuqtada yo'qolib qolmagan Azam Aliev jamoasi o'yinini kuchaytirdi.

Qanot vingerlari sifatida "Nasaf"dan Jasur Hasanov olingan bo'lsa, qarama-qarshi qanotdan Tiago Bezerra o'rin oldi. Har ikkala futbolchi kechagi tur o'yinlarida jamoasi g'alabasiga munosib ulush qo'shishdi. Bezerra ham gol urib, jamoasi foydasi uchun penalti ishlagan bo'lsa, Hasanov "Nasaf"ning har ikkala golida assistentlik vazifasini mukammal bajardi. Jasur Hasanov ayni paytda bejizga 3ta golga to'p uzatma bergan holda assistentlar ro'yxatida yakka peshqadamlik qilmayapti.

Hujum chizig'iga esa 3-turda yorqin futbol ko'rsatgan Bahodir Nasimov hamda Bobir Abdixoliqovni qo'ydik. Nasimov "Buxoro" safida jamoasining muhim gollaridan biriga mualliflik qildi va "So'g'diyona"ga qarshi bahsda o'zining yaxshi taraflarini ko'rsatdi. "Nasaf"ning "nayza"siga aylanib borayotgan Bobir Abdixoliqov esa bu safar ham maydonni golsi tark etmadi.

Ramziy terma jamoa (3-5-2)

Darvozabon: Botirali Ergashev ("Navbahor")

Himoyachilar: Tomislav Payovich ("Navbahor"), Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), Marko Klisura ("Buxoro")

Markaziy yarim himoya chizig'i: SHahzod SHaymanov ("Metallurg"), Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor"), Azam Aliev ("Navbahor")

Vingerlar: Jasur Hasanov ("Nasaf"), Tiago Bezerra ("Paxtakor")

Hujumchilar: Bahodir Nasimov ("Buxoro"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика