So’nggi yangiliklar

15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  20 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  8 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  15 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  5

Superliga. 14-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 14-tur laureatlari

Kecha Superliganing 14-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Metallurg" bu tur Toshkent viloyati derbisida AGMK mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alabani tantana qildi. Bekobodliklar posboni shu kuni yaxshi o'ynadi va raqiblarning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi. SHu bois "Metallurg" posboni Akmal Ortiqov championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.



"Navbahor" bu tur Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'olib bo'ldi. Samvel Babayan jamoasi shu kuni mezbonlarga deyarli hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va "Nasaf" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishiga majbur bo'ldi. Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi murabbiyi Samvel Babayan bo'ldi.



Bu turda "Metallurg" yarim himoyachisi Damir Temirov AGMK bilan bahsda burchak to'pini to'g'ri darvozaga joylab qo'ydi va tur goli muallifiga aylandi. 







"Olimpik" hujumchisi Ruslanbek Jiyanov "Surxon"ga qarshi bahsda shunchaki ajoyib o'ynadi va ikkita gol urdi. Bundan tashqari aynan uning harakatidan keyin termizliklar posboni qizil kartochka oldi. SHu tariqa, Ruslanbek Jiyanov championat.asia talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 



 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика