So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Sultonov, O'rinboev, Mamasidiqov va legioner murabbiy: Superligada 6-tur laureatlari Yangiliklar

Sultonov, O'rinboev, Mamasidiqov va legioner murabbiy: Superligada 6-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan uchrashuvlarga yakuniga etdi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Bunyodkor" posboni Suhrobjon Sultonov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

U o'zining ajoyib o'yini orqali "Nasaf" bilan bahsda jamoasining durang qayd etishiga katta xissa qo'shdi. Birinchi taymda raqibning penaltidan tepgan to'pini qaytarishga erishdi va bundan tashqari bir necha chiroyli seyvlarni namoyish etdi.



"Metallurg"ning yangi sardori Zabihillo O'rinboev Championat.asia talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.

Toshkent viloyati derbisida OKMKga qarshi bahsda O'rinboev yana hujumchi ortida o'ynadi va juda faol harakat qildi. Yakunda "Metallurg" 2:0 hisobida zafar quchdi va principial bahsda 3 ochkoga ega bo'ldi.



"Olimpik" vakili Temur Mamasidiqovning "Buxoro" darvozasiga urgan goli Championat.asia talqiniga ko'ra 6-turning chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.  

O'ng qanotdan Jiyanov uzatgan to'pni Mamasidiqov to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Etiborlisi aynan shu gol "Olimpik"ka yakunda g'alaba keltirdi.



Yaqindagina "Metallurg"ga bosh murabbiy etib tayinlangan Vesko Steshevich Championat.asia talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Toshkent viloyati derbisidan oldin OKMK g'alaba qozonishini kutganlar nisbatan ko'proq edi. Ammo Bekobodda Steshevich boshchiligidagi jamoa chempionlik uchun kurashayotgan Mirjalol Qosimov jamoasini 2:0 hisobida taslim qildi. To'g'ri Olmaliq klubi safida Tursunov qizil kartochka oldi, ammo bu "Metallurg"ning muammosi emasdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика