So’nggi yangiliklar

21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  1 21:09ОЧЛ 2. "Ал Аҳли" - "Ал Ҳалдия". "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйин старт олди (онлайн ҳисоб)  1 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  119 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  5 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  22 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  12 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  19 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  7 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  1 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  12 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   257 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  13 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0

Sultonboy Nurmetov: “Azamat Abduraimov? Bu haqda sizdan eshityapman” Yangiliklar

Sultonboy Nurmetov: “Azamat Abduraimov? Bu haqda sizdan eshityapman”

Yaqinda birinchi liga ishtirokchisi “Xorazm” jamoasiga Azamat Abduraimovning bosh murabbiy etib tayinlangani haqida gap-so'zlar urchiy boshladi.
Bunga oydinlik kiritish maqsadida urganchliklarning vice-prezidenti Sultonboy Nurmetovga murojaa qildik. Suhbatimiz boshqa mavzularni ham qamrab oldi.

- Sultonboy og'a, yaqinda Azamat Abduraimovning “Xorazm”ga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida eshitdik. SHu rostmi?
- Azamat Abduraimov?!  To'g'risi, bu haqda endi sizdan eshitib turibman. Ayni paytda bizda bosh murabbiy Vali Sultonov ekanligini aytishim mumkin. Bu borada hech qanday o'zgarish qilingani yo'q.

- Jamoa yig'inni boshlaganmi?
- Ha, ayni paytda tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini o'tkazyapmiz.

- Tarkibda qanday o'zgarishlar bor?
- Etakchi o'yinchilarimiz o'zlarini oliy liga klublarida sinab ko'rishni maqsad qilib, elita jamoalari yig'iniga borib qo'shilgan. Agarda tarkibimizdagi o'yinchilar haqiqatdan ham bu yil oliy liga klublariga o'tishsa, xursand bo'lamiz.

- Nomlarni ayniq ayt olasizmi? Malumotlarga ko'ra, Ilyos Xayrov ayni damda “Andijon” lagerida bo'lib turibdi.
- Bundan xabarim yo'q. Lekin inkor etmayman o'tgan yili safimizda o'ynagan ayrim futbolchilar “So'g'diyona” va “Mashal” kabi jamoalar ko'rigidan o'tmoqda.

- Tajribali futbolchi Renat Bayramovning taqdiri qanday kechadi?
- U hozir Toshkentda. Agarda oliy liga klublaridan biriga o'ta olmasa, yana safimizga qaytishi mumkin.

- “Xorazm” mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan futbolchilardan muxlislarga yaxshi tanish deb kimlarni ayta olasiz?
- Moddiy jihatdan imkoniyatlarimiz yaxshi emasligi bois, asosiy urg'uni mahalliy yosh o'yinchilarni tarbiyalashga qaratganmiz.

- Jamoa har yili qishda Toshkentda yig'in tashkil etardi. Bu yil ham shunday qilinadimi?
- Bu haqda aniq gap aytish qiyin. Negaki oldimizda o'tgan yilgi qarzdorlik ishlari turibdi. Agarda baquvvat xomiy topa olsak, keyingina poytaxtga borish masalasini ko'rib chiqamiz. Albatta biz ham chempionatga munosib tayyorgarlik ko'rishni istardik. Lekin...

- Jamoaning bosh xomiysi kim?
- Viloyatdagi kichik korxona va tashkilotlarni xomiy sifatida biriktirib qo'yishgan. Ammo byudjetimiz u qadar yuqori emas. SHaxsiy fikrim O'zbekiston futbolini yanada rivojlantirish uchun Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog'istonda ham baquvvat xomiyga ega bo'lgan klublarni tashkil etish kerak. Negaki bizda iqtidorli yigitlar ko'p. Agarda Toshkent klublaridek baquvvat xomiylarga ega bo'lsak, ishonmanki, terma jamoaga munosib o'yinchilar etishib chiqadi. Milliy terma jamoamizning Osiyo chempionatida Xitoyga imkoniyatni boy bergani barchamizni ko'nglimizni xira qildi.

- Yuqoridagi gaplaringizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, “Xorazm” bu yil ham asosan o'rtamiyona jamoa sifatida ishtirok etarkanda?
- Aytdim-ku, bizga eng avvalo xomiy kerak. Xabaringiz bo'lsak kerak, Xorazmda ham “GM Uzbekiston”ning “Damas” avtomobilini ishlab chiqarish zavodi ochildi. Viloyat hokimligiga aynan ushbu zavodni klubga xomiy sifatida biriktirib berishlarini iltimos qilib, so'raganmiz. Extimol endi O'FF va MOQ prezidenti Mirabror Usmonov Urganchga safar uyushtirganda, ushbu masalani ham ijobiy hal etilishida yordam berar. Har xolda shunga umid qilyapmiz

Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика